“GSP +” tizimi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun nima beradi?

“GSP +” tizimi O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun nima beradi?

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Sanoat xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi korxonalarni tashkil etish, ishchi urinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shu bilan birgalikda, to‘qimachilik sanoati respublika milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik jihatdan muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

So‘nggi yillarda sohada sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, Hukumatning katta ko‘magi tufayli sanoat paxta tolasini respublika ichida 100% qayta ishlanishiga erishildi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksporti ulushini sezilarli darajada oshirildi.

Bugungi kunda mahsulotlar dunyoning 55 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Agar 2016 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1,1 milliard dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 2,1 milliard dollarga yetdi. O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining asosiy iste’molchilari MDH mamlakatlari, Xitoy, Turkiya hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishni diversifikatsiya qilish maqsadida, Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda potensial xaridorlar va savdo tarmoqlari bilan doimiy ravishda ikki tomonlama muzokaralar olib borilmoqda. To‘qimachilik mahsulotlarini eksportini jadallashtirishda muhim omillaridan biri “GSP +” rejimi bo‘lib, unga ko‘ra o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari boshqa to‘qimachilik mamlakatlari bilan jiddiy raqobatlasha olishga imkon yaratadi.

Muhim qadamlardan biri 2017 yilda O‘zbekiston Evropa Ittifoqi bilan «to‘qimachilik protokoli» ni ratifikatsiya qilinishi bo‘ldi. Ushbu protokolga muvofiq, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tovarlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishda bojxona to‘lovlarini sezilarli darajada pasaytirish ko‘zda tutilgan. Agar ilgari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga Yevropa Ittifoqining bojxona hududiga kirishda 17 foiz miqdorida soliq solinadigan bo‘lsa, protokol shartlariga ko‘ra to‘lovlar 6 foizga tushdi.

Hozirga qadar O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqiga 3000 ta tovarni bojxona to‘lovisiz va 3200 ta mahsulotni pasaytirilgan stavkalar bilan eksport qilish imkonini beradigan “GSP” rejimidan foydalanilgan. “GSP +” maqomiga kura, O‘zbekistondan keladigan to‘qimachilik mahsulotlarining bojxona stavkalari 4 dan 12% gacha hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: GSP (Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimi) ning mohiyati rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqariladigan va rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan mamlakatlarga olib kiriladigan tovarlarning ayrim turlari uchun tarif stavkalarini pasaytirish yoki bekor qilishdan iborat.

Shu bilan birga “GSP”ga nisbatan JSTga imtiyozlar beradigan har bir a’zosi, benefitsiar mamlakatlar bajarishi kerak bo‘lgan o‘z mezonlarini belgilaydi. Ushbu sxema rivojlangan mamlakatlar uchun ham, imtiyozlarni oluvchilar uchun ham qulaydir.

Keyingi bosqichda O‘zbekistonga “GSP +” tizimiga o‘tish vazifasi qo‘yildi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi “GSP +” tizimiga qo‘shilish tashabbuschilaridan biri bo‘ldi. Doimiy ravishda Yevropa Komissiyasi vakillari bilan ishlar olib borildi, Tashqi ishlar vazirligi va ITS vazirligi ko‘magida turli darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi, xususan, YeIning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha komissari Piter Burian bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Ushbu maqomni olish uchun O‘zbekiston inson va mehnat huquqlariga oid 27 ta asosiy xalqaro konvensiyalarga rioya qilish, shu jumladan, paxta yig‘im-terimida bolalar va majburiy mehnatni yo‘q qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqaruv qoidalariga rioya qilish doirasida juda katta ishlarni amalga oshirdi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston delegatsiyasining Bryusselga tashrifi tashkil etildi. Yevrokomissiya vakillari, tadbirkorlar, mashhur kiyim brendlari va OAV vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Natijada Yevropa tomoni Umumiy imtiyozlar tizimining “GSP +” dan foydalanuvchi maqomini olish uchun zarur bo‘lgan barcha 27 xalqaro konvensiya va bitimlarning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishini yakunlaganini bildirdi va mamnuniyat bilan qabul qilindi va ushbu maqomni olish uchun O‘zbekiston tomonining arizasini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

“GSP +” O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

Joriy yilning 30 noyabrida Yevropa Komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining Preferensiyalarning umumiy tizimi plyus – “GSP +” dan foydalanuvchi maqomini olish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qildi.

“GSP +” tizimi takdim etilib va joriy kilingandan so‘ng o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar o‘z mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilishda bir tomonlama tarif imtiyozlaridan foydalanishni boshlashlari mumkin. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishlari mumkin bo‘lgan tovarlarning soni 6200 taga ko‘payadi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “GSP +”ga muvofiq, dastlabki bosqichda to‘qimachilik mahsulotlarining eksporti hajmi 300 million AQSh dollarini tashkil etadi, keyinchalik 2025 yilga kelib 1,2 milliard AQSh dollarigacha o‘sishi aytilmokda.

Hozirda O‘zbekiston 2,1 milliard dollardan ortiq to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilmoqda. Eksport qilinayotgan mahsulotlarning aksariyati MDH mamlakatlari, Turkiya va Xitoy bozorlariga yo‘naltiriladi. Va atigi 60 million dollar Yevropa Ittifoqi davlatlariga to‘g‘ri keladi.

2019 yil natijalariga ko‘ra Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport 56,7 million dollarni tashkil etdi, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari uchun 62,5 million dollar.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, “GSP +” tizimi joriy qilingandan so‘ng Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bilan hamkorlikka qiziqishi ortadi, bunga “GSP +” maqomi o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari raqobatbardoshligini oshiradi. Bu fikrlar yevropalik investorlar, yirik korxonalar bilan bo‘lgan uchrashuvlar mobaynida ham o‘z isbotini topmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar