G‘uzor tumanida maktab-internati tashkil etildi

G‘uzor tumanida maktab-internati tashkil etildi

“Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (86-son, 20.02.2021 y.) qabul qilindi.

Maktab-internat o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida amalga oshiruvchi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, G‘uzor tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati va unga o‘quvchilarni qabul qilish 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladi.

Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha yangi ilmiy-metodik tavsiyalar va yutuqlar asosida sport zaxiralarini, terma jamoalarga yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejasi va dasturlari talablari asosida o‘quvchilarning ta’lim tayyorgarligini ta’minlash maktab-internatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar