Hamid Nayrobodiy: Eron va O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish eng to‘g‘ri yo‘l

Hamid Nayrobodiy: Eron va O‘zbekiston fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish eng to‘g‘ri yo‘l
Foto: “Dunyo” AA

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Eron va O‘zbekiston turizm bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatorida turadi. Tarixiy va nodir meros sayyohlarni muntazam jalb etish uchun qulay imkoniyat taqdim etgan.

“Bu borada ikki mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish eng to‘g‘ri yo‘l deb o‘ylayman. Men shuni tarafdoriman. Bundan tashqari turli biznes-tadbirlar, jumladan videokonferensiya shaklidagi muloqotlar tashkillashtirish orqali tadbirkorlarni yanada yaqinlashtirishimiz mumkin. Texnik-muhandislik xizmatlari, tibbiyot va yangi texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Men o‘z missiyam davomida ana shu rejalarni hayotga to‘liq tadbiq eta olsam, bundan xursand bo‘lardim”, dedi Hamid Nayrobodiy “Dunyo” AAga bergan intervyusida.

Diplomat O‘zbekiston va Eron o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boj to‘lovlarini kamaytirish va bojxona to‘siqlarini olib tashlash tomon harakat qilish kerak. Shuningdek, transport loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar