“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi

14 iyul kuni “Har bir oila – tadbirkor” dasturini hamda Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalarini rivojlantirishni moliyalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, koronavirus pandemiyasi sharoitida ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘irlashgan oilalarning bandligini ta’minlash orqali ularga daromad manbaini yaratish maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qo‘shimcha ravishda 98 million AQSh dollari:

  • “Agrobank” ATBga – 40 million AQSh dollari;
  • AT Xalq bankiga – 30 million AQSh dollari;
  • “Mikrokreditbank” ATBga – 28 million AQSh dollari ekvivalentida mablag‘lar ajratilishi belgilandi.
  • Shuningdek, qaror bilan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga yoshlar va xotin-qizlarni kichik tadbirkorlikka jalb qilish loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga – 2 million AQSh dollari;
  • Namangan viloyatidagi kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun Namangan viloyati hokimligiga – 50 million AQSh dollari ajratiladi.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar