Hududlarda qishloq xo‘jaligi uchun suv olish limitlari tasdiqlandi

Hududlarda qishloq xo‘jaligi uchun suv olish limitlari tasdiqlandi

“Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (199-son, 10.04.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan 2021 yilning mart-sentyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish ishlari uchun suv olish limitlari tasdiqlandi.

2021 yil 20 aprelgacha yozgi sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish va suv iste’molchilari bo‘yicha tegishli shartnomalar to‘liq rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, joriy yilda jami 100 ta irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish hamda boshqaruvga beriladi.

Qarorga muvofiq, suv tanqisligining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarning prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar