Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari hududlarning yanvar oyi uchun tashqi savdo aylanmasi, eksport va import hajmi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlil qilib borishmoqda.
Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi
Yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi 57,2 mln.dollarini (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 176,4%), tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport hajmi 17,3 mln.dollarini (116,9%), import hajmi 39,9 mln.dollarini (226,3) tashkil qilgan. Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Koreya (36,4%), Xitoy Xalq Respublikasi (19,2%), Turkiya (16,5%), Rossiya Federatsiyasi (9,4%), Qozog‘iston (5,1%) viloyatning eng yuqori ulushga ega hamkor davlatlari hisoblanadi.

Ekportdagi eng yuqori ulush ip-kalava (65,9%), to‘qimachilik mahsulotlari (14,8%) va meva-sabzavot mahsulotlari (8,3%) ulushiga to‘g‘ri keldi.
Asosan transport va uning ehtiyot qismlari (50,3%) va texnologik asbob va uskunalar (25,6%) import qilindi.
Izoh qoldirish