Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘sishni ko‘rsatmoqda

Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘sishni ko‘rsatmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2021 yil avgust oyida 1059 birlikni tashkil etib, o‘tgan yilning shu dariga nisbatan 5,9 foizga oshdi.

Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizlik o‘sish qayd etildi.

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2021 yilning avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 5,9 foizga oshib, 1059 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 4,2 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 0,9 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 6,0 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 1,6 baravarga oshgan.

Hududlar kesimida Farg‘ona viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2021 yil avgust oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi Toshkent viloyatidan tashqari 13 ta hududda o‘tgan oyga (2021 yil iyul) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Farg‘ona (55,5%), Samarqand (42,4%), Xorazm (38,1%), Namangan (38,0%) va Jizzax (34,8%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

Shu bilan birga Toshkent (- 1,4%) viloyatida o‘tgan oyga nisbatan mo‘’tadil pasayish kuzatilgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2021 yil avgust oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 692,6 ming tani tashkil etdi va 2021 yilning iyul oyga nisbatan 188,5 ming tranzaksiyaga (4,2%) oshgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7 ta hududda oshgan.

2021 yil avgustda respublikaning 7 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Toshkent shahri (7,3%), Toshkent (6,0%) hamda Sirdaryo (4,3%) viloyatlarida kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2021 yilning avgust oyida IFIning birja komponenti 1,0599 birlikni tashkil etdi. Bu esa ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 6,0 foizga oshganligini anglatib, bitimlar soni 12,7 foizga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2021 yil avgust oyida 5 731,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 18,1 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2021 yil avgust oyida 1,0085 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 0,9 foizga oshganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,2 foizga oshgan.

2021 yil avgust oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2021 yilning iyul oyga (566 642 birlik) nisbatan 7 510 taga ko‘payib, 574 152 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 9 taga kamaygan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 454 975 tadan 462 303 tagacha oshgan (o‘sish 7 328 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 108 601 tadan 108 792 tagacha (o‘sish 191 ta) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 057 tani tashkil etib, 2021 yilning iyul oyiga nisbatan 9 taga kamaygan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2021 yil avgust oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,6312 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021 yilning iyul oyiga nisbatan 63,1 foizga oshgan. Joriy yilning avgust oyida yuridik shaxslar tomonidan 460 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va uning hududlarida IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

O‘zbekiston Respublikasi

1059

1,0418

1,0428

1,0085

1,6312

Farg‘ona viloyati

1555

1,0056

2,0000

1,0151

6,0000

Samarqand viloyati

1424

1,0324

2,0000

1,0156

1,3000

Xorazm viloyati

1381

0,9815

2,0000

1,0094

0,5000

Namangan viloyati

1380

0,9910

2,0000

1,0137

0,3529

Jizzax viloyati

1348

0,9767

1,8812

1,0165

1,0000

Surxondaryo viloyati

1298

0,9987

1,0772

0,9884

10,0000

Toshkent shahri

1220

1,0730

1,4348

1,0060

1,6436

Andijon viloyati

1209

1,0312

1,3528

1,0126

2,8000

Qashqadaryo viloyati

1139

0,9910

1,1230

1,0126

4,0000

Navoiy viloyati

1131

0,9642

1,0573

1,0013

5,0000

Sirdaryo viloyati

1107

1,0431

1,2273

1,0060

1,0000

Buxoro viloyati

1099

1,0169

1,2129

1,0054

1,2222

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1041

0,9829

1,0326

1,0193

2,0000

Toshkent viloyati

986

1,0598

0,8889

1,0051

1,2800

O‘zbekiston Respublikasi va hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

O‘zbekiston Respublikasi

1304

1,2648

1,1158

1,1415

5,4762

Farg‘ona viloyati

2199

1,2216

2,0000

1,1422

24,0000

Samarqand viloyati

1837

1,1332

2,0000

1,1383

13,0000

Andijon viloyati

1829

1,0466

2,0000

1,1024

14,0000

Buxoro viloyati

1828

1,3151

2,0000

1,0796

11,0000

Toshkent shahri

1745

1,4084

1,9488

1,4823

4,8824

Surxondaryo viloyati

1728

1,0964

2,0000

1,1081

10,0000

Toshkent viloyati

1640

1,1478

2,0000

1,1213

6,4000

Qashqadaryo viloyati

1610

1,1719

2,0000

1,2706

4,0000

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1540

1,0673

2,0000

1,1184

4,0000

Xorazm viloyati

1518

1,1521

2,0000

1,1588

2,0000

Namangan viloyati

1489

1,0738

2,0000

1,1517

2,0000

Sirdaryo viloyati

1452

1,1193

2,0000

1,0931

0,6667

Jizzax viloyati

1444

1,0415

2,0000

1,1346

1,0000

Navoiy viloyati

1293

1,1088

1,3089

1,0534

5,0000

Ruslan Abdullayev, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar