Oxirgi 7 yil ichida qilingan islohotlar bu YaIMni 2 barobar o‘sishiga sabab bo‘ldi. Prezidentimiz tomonidan birinchi kundan iqtisodiyotni liberallashtirishga qo‘yilgan eng katta qadamlar – konvertatsiyani to‘liq ta’minlab berish, soliq islohotlari, kambag‘allikka qarshi kurashish islohotlari, xizmatlar, sanoat sohalari kabi har bitta soha bo‘yicha ko‘p qirrali loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Masalan, 120 mlrd dollardan ortiq investitsiyalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan.
Xorijiy investitsiyalar orqali bir yarim milliondan ortiq ish o‘rni yaratilgan. YaIM aholining farovonligini ko‘rsatadigan bitta ko‘rsatkich. Har bir insonga to‘g‘ri keladigan mahsulotni oladigan bo‘lsak, 2024 yilning yakuni bilan ahol jon boshiga YaIM hajmi 3000 dollarga yaqin bo‘ldi.
Hozirda iqtisodiyotimizni yana ham liberallashtirish, ochiqlashtirish, dunyo hamjamiyatidagi yetakchi iqtisodiyotlar qatoriga kiritish bo‘yicha asosiy harakatlar boshlandi. Masalan, YaIM hajmi 100 mlrd dollarni tashkil etib, jahondagi eng yirik 60-70 ta iqtisodiyotlar qatoriga kirdi. Bugungi kunda mamlakatimiz dunyoda o‘zining mavqiyega ega bo‘lgan iqtisodiy hamkor sifatida tanildi.
2017-2018 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 50 milliard atrofida edi. Birinchi qilingan strategiyamizni ko‘radigan bo‘lsak, 2026 yilgacha mamlakatimiz iqtisodiyotini 100 mlrd dollarga oshiramiz deganmiz. Lekin, 2023 yilda bu marradan o‘tdik, ya’ni, YaIM 101 mlrd dollardan oshdi.
2024 yil yakunlari bo‘yicha YaIM 110 mlrd dollardan oshadi. Bu marralarga yetish uchun yetarli islohotlar va reformalarni amalga oshirdik hamda bu islohotlar ortga qaytmas tusga kirdi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoning lokomativi sifatida islohotlarimiz Markaziy Osiyodagi iqtisodiy aloqalarni ham keskin o‘zgartirib yubordi. 2017 yilni qaraydigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy savdosi 4,5 mlrd dollar bo‘lgan, hozir savdo aylanmasi 10,5 mlrd dollardan oshib ketdi.
2022 yildan keyin transport koridorlarimizni diversifikatsiya qilish bo‘yicha noqulay sharoit bo‘lishiga qaramasdan, eksport 2 barobarga oshyapti. Transport koridorlarini diversifikatsiya qilish uchun yana yirik loyihalarni boshlayapmiz.
Prezidentimiz aytib o‘tgan 200 mlrd dollarlik marrani aytadigan bo‘lsak, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 5 ming dollarga yaqinlashadi. 200 mln dollarga erishish yagona maqsad emas, aholi farovonligini keskin oshishi, ishsizlik darajasining 5,6 foizga tushishi aholi daromadi kuchini saqlab qoladigan inflyasiyani pasaytirish degan katta muammonining yechilishi keyingi 5 yilda iqtisodiy o‘sishimizni beradigan asosiy drayver bo‘ladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish