Viloyatning tashqi savdo aylanmasi 790,9 mln dollarni (respublikadagi ulushi 1%) tashkil qilib 2024 yilga nisbatan 86,2% ga oshgan. Tashqi savdoda eksportning ulushi 64,2%, import 35,8%ni tashkil qilgan.
Surxondaryo viloyati jahonning 76 mamlakati bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Afg‘oniston (30,2%), BAA (26,3%), Pokiston (11%), Rossiya (9%), Xitoy (8%), Qozog‘iston (3,9%), Turkiya (2,1%) yuqori ulushga ega hamkor davlatlar hisoblanadi.
Tashqi savdo aylanmasining 15,2%i MDH davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Eksport. 2025 yil yakunida viloyatning eksport hajmi 507,5 mln dollarni (respublikadagi ulushi 1,5%) tashkil qilib, o‘tgan davrga nisbatan 86,2% ga o‘sgan.
Eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi – 44,7%, turli xil tayyor buyumlar 20,3%, sanoat tovarlari – 8,4%, xizmatlar – 2,5%, nooziq-ovqat xomashyo (yoqilg‘idan tashqari) – 2,2%ni tashkil qilgan.
BAA (39,6%), Afg‘oniston (26,1%), Pokiston (12,7%), Rossiya (12,2%), Qozog‘iston (1,9%) va Turkiya (1,3%) tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar bo‘lgan.
Meva-sabzavotlar (jami eksportning 40,8%) va to‘qimachilik mahsulotlari (7,4%) umumiy eksportning qariyb yarmini tashkil qilgan.
Import. 2025 yil yakunida import hajmi 283,4 mln dollarni tashkil qilib, o‘tgan davrga nisbatan 86,2% ga o‘sgan.
Import tarkibida yuqori ulushni mashina va transport asbob – uskunalari (30,7%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (18,5%), sanoat tovarlari (5,5%) va kimyoviy vositalar (4,5%) tashkil qilgan.
O‘tgan davrda Surxondaryo viloyati jahonning 51 ta davlatlari bilan tovarlar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Afg‘oniston (37,6%), Xitoy (20,6%), Pokiston (8,1%), Qozog‘iston (7,6%), Turkiya (3,4%), Rossiya (3,3%), Belgiya (2,7%), Germaniya (2,5%), Hindiston (2,4%) va BAA (2,4%) tovarlar va xizmatlar importi bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar bo‘lgan va jami importning 75%i ushbu davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Furqat Islomov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish