“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi

Qonun bilan tayanch tushunchalar joriy etildi, asosiy prinsiplar belgilandi.

Jumladan, qonuniylik, oshkoralik va ochiqlik, investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi, investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi kabilar investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy prinsiplaridir.

Qonunga ko‘ra, investitsiyalar mo‘ljallangan ob’yektiga ko‘ra kapital, moliyaviy va ijtimoiy turlarga bo‘linadi.

Inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini rivojlantirishga, shuningdek nomoddiy boyliklarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiya ijtimoiy investitsiya hisoblanadi.

Shuningdek, Qonun bilan investitsiyalarni amalga oshirish shakllari, investitsiya resurslari belgilandi.

Xususan, pul mablag‘lari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, ko‘char va ko‘chmas mol-mulk hamda boshqa ob’yektlar investitsiya resurslari jumlasiga kiradi.

Bundan tashqari, Qonunda investorning, investitsiya faoliyati ishtirokchisining huquqlari, majburiyatlari, investitsiya faoliyati sub’yektlarining huquqiy kafolatlari mustahkamlandi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar