Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan o‘tkazilmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha pilot loyihani ishga tushirdi. Yangi mexanizm Toshkent viloyatida sinovdan o‘tkazilmoqda
Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha pilot loyihani boshladi. Kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha yangi loyiha Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda va 2020 yilning oktyabridan noyabrigacha mo‘ljallangan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan sinovdan o‘tgan yangi kambag‘allikka qarshi kurash mexanizmlari 2019 yilda Nobel mukofoti sovrindorlari Abxijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremer metodologiyasiga asoslangan bo‘lib, u dala tadqiqotlari orqali kambag‘allikni kamaytirish samaradorligini baholaydi.

Ma’lumot uchun: Ester Duflo, Abxijit Banerji va Maykl Kremer 2019 yilda iqtisodiyot bo‘yicha Alfred Nobel mukofotining laureatlari bo‘lishdi. Mukofot egalari tadqiqotlarga yangi yondashuvni joriy etdilar, natijada kambag‘allikka qarshi kurashning eng yaxshi usullarini aniqlash bo‘yicha "Ishonchli javoblar" berildi. Iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilgan yondashuv "kichik masshtabdagi masalalar" bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishdir.

1990 yillarning o‘rtalarida bo‘lg‘usi sovrindorlar Keniyada maktab faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga qaratilgan dala tajribalarini o‘tkazdilar. Keyinchalik Banerdji va Duflo ushbu amaliyotni kengaytirib boshqa mamlakatlarda, xususan, Hindistonda ham sinab ko‘rishgan. Ularning ilmiy ishlari yangi ilmiy maktabni yaratishga imkon berdi.

Pilot loyiha kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish uchun aholining kambag‘al va muhtoj qatlamlarining holatini chuqurroq o‘rganish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yagona oilaning kambag‘alligi ko‘plab omillar bilan belgilanadi. Bularga daromad darajasi, ta’lim, oziq-ovqat va sog‘liqni saqlash xizmatlari, transport infratuzilmasi, oilani rejalashtirish, ish bilan ta’minlash, sanitariya va boshqalar kiradi. Shu munosabat bilan kambag‘allikni kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga yondashuvlar va chora-tadbirlarning o‘zi joylardagi aniq shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilib, ularning samaradorligi amaliy dastur va olingan natijalar bilan isbotlangan.

Dala tadqiqotlari jarayonida uy xo‘jaliklarining daromad darajasi va iqtisodiyotning norasmiy tarmoqlarida ish bilan band bo‘lganlar soni bo‘yicha so‘rov o‘tkazildi.

Ishchi guruh* xonadonlarning ichik tuzilishi, sharoitlari, uy xuo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat ratsioni va kredit masalalarini o‘z ichiga olgan 16 qismdan iborat "Aholining turmush darajasini o‘rganish va baholash" to‘g‘risidagi maxsus tayyorlangan so‘rovnoma asosida Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlaridagi barcha 96 ta mahalladagi 1152 xonadonda so‘rov o‘tkazildi.

Pilot-loyiha natijalariga ko‘ra, kambag‘allikka qarshi kurashish, aholining kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini hududlar bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Pilot loyihasining keyingi bosqichida ehtiyojmand oilalar ahvolini og‘irlashtiruvchi tizimli muammolar aniqlandi.

***

Loyihani amalga oshirish bosqichlari:

O‘qitish.

Mahalliy tuman hokimlari uchun bilim darajasini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish usullari samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning 13-16 oktyabr kunlari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida "Hududlarda kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish" mavzusida qisqa muddatli treninglar o‘tkazildi.

Diagnostika (kambag‘allik darajasini o‘lchash).

Ikkinchi bosqich davomida Ishchi guruh* "Aholi turmush darajasini o‘rganish va baholash" mavzusida maxsus so‘rovnoma tayyorlashda ishtirok etdi. Toshkent viloyatining Bo‘ka va Chinoz tumanlarining so‘rovda qatnashuvchi mahallalar ro‘yxati shakllantirildi.

Tadbirlar rejasi (kambag‘al oilalar ahvolini og‘irlashtiruvchi tizimli rivojlanish muammolarini aniqlash).

"Temir daftar" reyestriga kiritilgan uy xo‘jaliklari bilan so‘rov va suhbatlar o‘tkazildi. Har bir so‘rovnomani to‘ldirish jarayonida olingan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari bilan muhokama qilinib, belgilangan muddatda ishchi guruhga taqdim etildi.

Ma’lumotlar bazasini yaratish (kambag‘al oilalarning holatini sog‘liqni saqlash, ta’lim olish, raqamlashtirish darajasi bo‘yicha aniqlash va boshqalar.).

Ushbu bosqich doirasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning alohida miqdori hisoblab chiqildi va tasdiqlandi. Bu bosqichda kambag‘al oilalarning o‘ziga xos xususiyatlari yaratilgan ma’lumotlar bazasi kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflarni shakllantirishga yordam beradi.

Muammolarni aniqlash

Ijtimoiy yordam. Joylarda kambag‘allarni aniqlash mezonlari ularni "Temir daftar" reyestriga kiritish, tegishli ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun aniq bajarilmaydi. "Temir daftar"da mavjud farovonlik darajasiga ko‘ra kambag‘allar toifasiga kirmaydigan 20-30% oilalarning borligi aniqlandi.

"Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam berish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom"da bir qator muhim bandlar hisobga olinmagan. Xususan, kam ta’minlangan 2 yoki 3 ta oila bir xonadonda yashashi mumkinligi, ularning pensiyalari va ijtimoiy yordamlarini belgilashda har bir oila uchun daromadlari va xarajatlari alohida hisobga olinmaydi.

Moddiy yordam miqdorini aniqlashda ularning o‘rtacha xarajatlari (dori-darmonlar, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat, bolalarni o‘qitish) to‘liq hisobga olinmaydi. Oiladagi surunkali bemorlarning soni va bir vaqtda olib boriladigan dori-darmonlarning narxi hisobga olinmaydi.

Oziq-ovqat. Bo‘ka tumanidagi kam ta’minlangan uy xo‘jaliklari a’zolari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, kuniga iste’mol qilinadigan kaloriyalar soni 2382 kkal ekanligi aniqlandi. Belgilangan kilokaloriyaning 1 kunlik narxi 9,091 so‘mni (oyiga 281,829 so‘m) tashkil etdi. Shu bilan birga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan hisoblangan kilokaloriyaning minimal narxi 9500 so‘mni tashkil etadi.

Ta’lim. Kam ta’minlangan oilalarning bolalari uchun maktabgacha ta’lim qamrov darajasi past bo‘lib (Bo‘ka tumani-34%, Chinoz tumani-56%), ko‘pgina qishloq joylarida maktabgacha ta’lim muassasalari yo‘q (Bo‘ka tumanida 28 ta va Chinoz tumanida 35 ta). Matematika, informatika, tarix, tabiatshunoslik, chet va rus tillari o‘qituvchilari yetishmaydi.

Sog‘liqni saqlash. "Oilaviy poliklinikalar" va “Qishloq vrachlik punktlari"da tibbiy kartalarni ochish bilan bog‘liq muammolar davolash jarayonining erta boshlanishini oldini oladi. Tuman tibbiyot muassasalarida pediatr, rentgenologlar, kardiolog, nefrolog, reanimatolog, ginekolog va terapevtlar, shuningdek, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yetishmaydi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash. "Temir daftar" reyestriga kiritilgan kam ta’minlangan oilalar orasida "Har bir oila - tadbirkor" davlat dasturi ishtirokchilarining ulushi (Bo‘ka tumani - 14%, Chinoz tumani -28%) berilayotgan

imtiyozli kreditlarga qaramay, ortmaydi. Kredit olishga da’vogarlar yetarli malakaga ega emas, boshqalarga esa yer yoki boshqa imkoniyatlar yetarli emas.

Birinchi xulosalar

Joylarda kam ta’minlangan aholining o‘ziga xos eng dolzarb muammolarini aniqlaydigan soha tadqiqotlari ham kambag‘allikni kamaytirish va xalq hayotini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosati tegishli choralarini ko‘rishga olib keladi.

Davlat tomonidan ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lgan "Temir daftar" ro‘yxatiga kiritish va ro‘yxatdan chiqarish, kam ta’minlangan oilalar farzandlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni ko‘paytirish va tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bo‘yicha aniqroq mezonlar ishlab chiqiladi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlari vitaminlar bilan ta’minlanadi, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishini (vazni va bo‘yi) kuzatiladi.

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida "Temir daftar" ro‘yxatiga kiritilgan oilalardan "Har bir oila -tadbirkor" davlat dasturi ishtirokchilarining ulushini oshirish kerak bo‘ladi; qishloq xo‘jaligi uchun "ijtimoiy tadbirkorlik" va "inklyuziv tadbirkorlik" sohalarida tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, shuningdek fermerlarning veterinariya va agronomik savodxonligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish kerak bo‘ladi.

So‘rovning dastlabki natijalari va uning asosida chiqarilgan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, joylarda kambag‘allikka qarshi kurash choralarini sozlash zarur, bu yo‘nalishdagi yangi yondashuv juda samarali bo‘lib, mamlakatdagi kambag‘allarning muammolarini yanada muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beradi.

Nima uchun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi?

Kambag‘allik muammosi pandemiya davrida yomonlashdi. Bu borada o‘tgan yili boshlangan samarali kambag‘allikni kamaytirish siyosatini shakllantirish ishlari o‘ziga xos tus oldi. Xususan, Markaz Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqdi, shuningdek, aholi daromadlarini saqlab qolish, talabni ushlab turish va manzilli yordam choralarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab takliflarni taqdim etdi.

Markaz mamlakatda kambag‘allikni tubdan kamaytirish uchun samarali poydevorni shakllantirish bo‘yicha tadbirlarda faol ishtirok etmoqda, bunda kambag‘allikni baholash va tasniflash sohasida metodologiyani ishlab chiqish va ilg‘or jahon tajribalarini tatbiq etish, ehtiyojmandlarni aniqlash va maqsadli qo‘llab-quvvatlash choralari mexanizmlarini takomillashtirish kiradi. O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni tiklash va tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy harakatlar rejasiga (PKM № 526, 29.08.2020 y.) muvofiq, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi boshqa idoralar bilan birgalikda O‘zbekistonda 2030 yilgacha kambag‘allikni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasini bajaradi.

Ishchi guruh* tarkibiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Energetika vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vazirlik vakillari kiritildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

jamoatchilik bilan aloqalar xizmati


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar