Jarima va rad etilgan uchishlar: kimlar chet elga ucha olmaydi?

Jarima va rad etilgan uchishlar: kimlar chet elga ucha olmaydi?

Iste’molchi aviachiptalarni sotib oldi, lekin xorijga uchib keta olmadi. Chunki aviakompaniya xodimlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish joyida hujjatlar tekshirilganda unga mamlakatni tark eta olmasligini aytishdi. Ustiga-ustak iste’molchiga uchishga taqiq haqida ma’lumot berilmadi va foydalanilmagan aviachipta pullari ham qaytarib berilmadi. Xo‘sh, bu holatda kim aybdor, iste’molchimi yoki xizmat ko‘rsatuvchi?

Murojaatlarning soni

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga 2020 yilda jami 272 ta (shundan, 110 tasi “Uzbekistan airways” AJ, 162 tasi xorijiy aviakompaniyalar), 2021 yilning o‘tgan davrida jami 153 ta (shundan, 54 tasi “Uzbekistan airways” AJ, 89 tasi xorijiy aviakompaniyalar) parvoz cheklovlari tufayli bekor qilingan chiptalarni sotib olishga sarflangan pul mablag‘larini qaytarish bo‘yicha muroajaatlar kelib tushdi.

Natijada Agentlik 164 nafar iste’molchiga jami 480 428,0 ming so‘m miqdoridagi mablag‘larni qaytarib berishga muvaffaq bo‘ldi, shundan 120 tasi “Uzbekistan airways” AJ qolgan 46 tasi xorijiy aviakompaniyalarning aviachiptalariga to‘g‘ri keladi.

Murojaatlardagi ushbu raqamlar asosan reyslar bekor qilingan karantin va karantindan keyingi davrga to‘g‘ri keladi. Iste’molchilar jo‘nash taqiqlanganligi sababli foydalanib bo‘lmaydigan aviachiptalar pullarini qaytarib berishda yordam so‘rab Agentlikka murojaat qilishda davom etmoqdalar.

Taqiqqa kimlar kiradi?

Shuni ta’kidlash kerakki, mamlakatni tark etish uchun vaqtincha cheklanishga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, taqiq zimmasidagi alimentni to‘lamagan qarzdorlarga taalluqlidir, bu esa qaror majburiy ijro byurosi inspektori tomonidan qabul qilinadi. Ikkinchidan, agar fuqaro qasddan yoki bilmasdan soliq to‘lamasa yoki qarzni yuridik/jismoniy shaxsga qaytarmasa, ta’qiqlash uchun asos qarzdorlik hisoblanadi.

Ammo gap shundaki, qarzga ega bo‘lish xorijga chiqib ketishni taqiqlamaydi, uning sud qarori kerak. Faqatgina sud hujjati asosida mamlakatni tark etishni vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunida qarzdor – jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi uchun vaqt cheklovlari aniq ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati bo‘lgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaxs tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi bo‘yicha yoki o‘z tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Shunday qilib qarzdor – jismoniy shaxs tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar belgilangan muddat ichida uzrli sabablarsiz bajarilmagan taqdirda.

Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Shuni ta’kidlash mumkinki, mazkur qarorning ko‘chirma nusxalari qarzdor jismoniy shaxsga (agar uning turgan joyi ma’lum bo‘lsa), ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qo‘riqlash organlariga yuboriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning mamlakat tashqarisiga chiqishini vaqtincha cheklashlari mumkin.

Uchishga taqiqni qanday bilish mumkin?

Bu iste’molchilarni qiziqtirgan dolzarb savol. Jo‘nash oldidan faqat aeroportdagina taqiq haqida bilib, kutilmagan noxush holatga tushmaslik uchun iste’molchi avval aviakassalar (chipta sotish maxsus kassalari) orqali ma’lumot olishi mumkin. Ikkinchidan, avichiptalarni sotib olishdan yoki uchib ketish kunidan avval hamda aviakompaniya tomonidan chipta pulini to‘liq qaytarib olish bo‘yicha belgilangan muddatda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining https://mib.uz/ rasmiy veb-sayti orqali shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini kiritish asosida yoki @mibuzbot telegram kanali orqali aniqlik kiritishlari lozim.

Uchinchidan, taqiq qo‘yilganligi bo‘yicha o‘zida gumon paydo bo‘lgan shaxslar tomonidan tegishliligi bo‘yicha huquq-tartibot organlariga (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari) belgilangan tartibda murojaat qilish orqali mamlakatdan chiqib ketishni vaqtincha cheklash to‘g‘risida batafsil ma’lumotni bilib olishlari mumkin.

Aviachiptaga to‘langan pulimni qaytaring!

Xuddi shunday talab bilan taqiq tufayli mamlakatdan uchib chiqa olmagan iste’molchilar aviachipta sotib olishga sarflangan pulni qaytarish bo‘yicha yordam so‘rab Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilishdi.

Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash talablariga muvofiq (2238-son 29.06.2011) yo‘lovchining kirish man etilgan manzilgacha to‘lagan tashish uchun to‘lovlari qaytarib berilmaydi.

Pulni qaytarish shartlari

Tariflarni qo‘llash qoidalariga muvofiq tashuvdan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda tashuv rad etilganligi uchun to‘lov olinishini aniqlashtirish zarur. Tashuvdan majburiy ravishda voz kechilganda (aviakompaniya aybi bilan) summa hech qanday yig‘im undirilmagan holda qaytariladi.

O‘zbekiston Respublikasi Havo Kodeksiga (104-moddasi. Yo‘lovchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi kuchining to‘xtatilishi) asosan, yo‘lovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda (ixtiyoriy ravishda) – yo‘lovchi uchun joy band qilib qo‘yilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yo‘nalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun to‘langan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qo‘llash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.

Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga asosan, “Uzbekistan airways” AJ tomonidan sotilgan aviabiletlar qaytarilishi to‘liq foydalanilmagan hamda qisman foydalanilgan transport uchun pulni qaytarib berish chiptani sotib olish joyida chipta berilgan kundan boshlab bir yil muddatda amalga oshiriladi, agar tariflarini qo‘llash qoidalari va tashuvchiga tegishli qoidalarida boshqacha tartiblar nazarda tutilgan bo‘lmasa.

Xalqaro tajriba

Ushbu holatlarda xorijiy aviakompaniyalar tomonidan aviachiptalarni qaytarish tartibi qanday? Buni “ekonom klass” tarifidagi aviachipta misolida ko‘rib chiqamiz.

Holatlar Air Astana

(Kazaxstan

Bel avia

(Belorussiya)

Aeroflot

(Rossiya)

Mejdu-

narodnie avialinii Ukraini

(Ukraina)

Azerbaydjan-skiye avialinii

(Azerbaydjan)

Tashuvdan majburiy voz kechilganda Hech qanday yig‘im undirilmagan holda qaytariladi Hech qanday yig‘im undirilmagan holda qaytariladi Hech qanday yig‘im undirilmagan holda qaytariladi Hech qanday yig‘im undirilmagan holda qaytariladi Hech qanday yig‘im undirilmagan holda qaytariladi
Tashuvdan ixtiyoriy voz kechilganda Qaytarilmaydi Qaytarilmaydi Qaytarilmaydi Tariflarni qo‘llash qoidalariga asosan to‘lov undirilgan holda qaytariladi. Samolyot uchib ketgunga qadar murojaat qilinganda tariflarni qo‘llash qoidalariga asosan ruxsat etiladi.
Qayta bron qilinganda Qaytarilmaydi Qaytarilmaydi Samolyot uchib ketgunga qadar murojaat qilinganda tariflarni qo‘llash qoidalariga asosan ruxsat etiladi Tariflarni qo‘llash qoidalariga asosan to‘lov undirilgan holda ruxsat etiladi Samolyot uchib ketgunga qadar murojaat qilinganda tariflarni qo‘llash qoidalariga asosan ruxsat etiladi
Respublikadan chiqishga taqiq qo‘yilganda Qaytarilmaydi Qaytarilmaydi Qaytarilmaydi Hech qanday yig‘im undirilmagan holda qaytariladi. Qaytarilmaydi

Hurmatli iste’molchilar, faqat aviachipta xarid qilish bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Shubhalar paydo bo‘lgan taqdirda sotib olishdan oldin albatta jo‘nab ketishning amaldagi taqiqlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish kerak bo‘ladi. Umid qilamizki, taqdim etilgan ma’lumotlar ortiqcha xarajatlarning oldini olishga yordam beradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar