Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistondagi 9 ta bank tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lov jadvaliga asosan 2-3 oy muddat keyinga ko‘chirilmoqda.
Foiz to‘lovlari vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun belgilangan barcha penya to‘lovlari va jarima bekor qilindi. Foiz to‘lovlari karantin davri tugaganidan so‘ng amalga oshirishilishi mumkin.
Karantin muddati uzaytirilgan taqdirda, ko‘rsatilgan muddat tugaganidan keyin, mijoz kechiktirilgan to‘lovni uzaytirish uchun bank bilan bog‘lanish huquqiga ega.
1 aprel holatiga ko‘ra, aholining 100 mln. so‘mdan kam bo‘lgan barcha kredit (overdraft, onlayn mikroqarz, sud jarayonidagi kreditlar bundan mustasno) to‘lovlari bo‘yicha ta’til e’lon qilgan banklar ro‘yxati:
- O‘zsanoatqurilishbank;
- Asakabank;
- Turonbank;
- Aloqabank;
- Hamkorbank;
- Milliybank;
- Agrobank;
- Mikrokreditbank;
- ZiraatBank.
Ushbu banklar jismoniy shaxslar uchun kredit shartnomasiga bir tomonlama o‘zgartirish kiritishmoqda va kreditlar bo‘yicha 2-3 oylik imtiyozli davr berishmoqda.
Izoh qoldirish