2022 yil 1 iyul holatiga Jizzax viloyatidagi mehnat resurslari soni 788 910 kishini, shundan iqtisodiy faol aholi soni 603 851 kishini, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 185 059 kishini tashkil etgan. Iqtisodiy faol aholining 91%, ya’ni 547 985 kishi ish bilan band bo‘lgan.
Iqtisodiy faol aholining 9,3%, ya’ni 55 866 kishi ishsiz bo‘lgan.
Rasmiy sektorda band aholi soni 205 871 kishini yoki iqtisodiy faol aholining 34%ni tashkil etgan.
Norasmiy sektorda band aholi soni 289 819 kishini yoki iqtisodiy faol aholining 48%ni tashkil etgan.
Yaratilgan ish o‘rinlari soni 104 318 tani yoki iqtisodiy faol aholining 17%ni tashkil etgan.
Kichik biznesda band aholi soni 28 328 kishini yoki yaratilgan ish o‘rinlarining 27,1%ni tashkil etgan.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini shahar va tumanlar bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Jizzax shahrida 3 512,9 ming so‘mni, viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 127,8%ni tashkil etgan va viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan kam miqdorni tashkil etmoqda. Zafarobod tumanida 2 657,2 ming so‘mni (96,7%), Baxmal tumanida 2 617,6 ming so‘mni (95,3%) va Zarbdor tumanida 2 584,8 ming so‘mni (94,1%) tashkil etib, viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan kam miqdorni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish