Infografika: Jizzax viloyati sanoat sohasining 2022 yil 3-chorak yakunlari

Infografika: Jizzax viloyati sanoat sohasining 2022 yil 3-chorak yakunlari

2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 7 901,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 107,5%ni (6-o‘rin), respublikadagi ulushi 2%ni (13-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari G‘allaorol (170,3%), Forish (116%) va Paxtakor (113,6%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Arnasoy (98,5%) Do‘stlik (99,6%) va Zomin (99,6%) tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2021 yilning mos davriga nisbatan kam bo‘ldi.

Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 67%i Jizzax shahri (35%), G‘allaorol (22%) va Zafarobod (10%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 14%ni tashkil etib, 2021 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 2,4 punktga o‘sgan bo‘lsada, respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan (28%) 2 barobar kam. (13-o‘rin)

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 5 430,7 ming.so‘mni (10-o‘rin), o‘sish sur’atlari 105,1%ni (6-o‘rin) tashkil etdi.

Zafarobod tumani (15 821 ming so‘m) Jizzax shahri (14 544 ming so‘m) va G‘allaorol (9 678 ming so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari eng yuqori, Baxmal (410 ming so‘m), Zomin (1 304 ming.so‘m) va Yangiobod (1 381 ming so‘m) va tumanlarida eng pastki ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Jami sanoat mahsulotlarining 93,9% qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati ulushi - 1,8%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim hosil qilish ulushi – 3,6%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,8%ni tashkil etdi.

Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (34%), avtotransport vositalari, treyerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (22%), boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish (16%) va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (13%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

Sanoat yo‘nalishida 696 ta yangi korxonalar tashkil etilib, jami sanoat korxonalari 3 995 tani, shundan 52 ta qo‘shma korxonalar, jami korxonalarning 15,8%ni tashkil etdi.

Xo‘jaqulov Ulug‘bek
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar