Tahlilda 2021 yil davomida viloyatning sanoat sohasida erishilgan yutuqlari, kuzatilgan o‘zgarishlari aks ettirilgan.
Viloyatda yil davomida jami 8,7 trln.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 110,2%ni (9-o‘rin), respublikadagi ulushi 1,9%ni (13-o‘rin) tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Zafarobod (136,8%), G‘allaorol (119,4%) va Baxmal (112,4%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Zarbdor, Mirzacho‘l, Yangiobod tumanlarida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2020 yil darajasidan kam bo‘ldi.
Ishlab chiqarilgan jami sanoat mahsulotlari hajmining 59,2% Jizzax shahri (31%), G‘allaorol (14,8%) va Zafarobod tumanlari (13,4%) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, viloyat YaHM tarkibidagi sanoat ulushi 12,6%ni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 1,4 punktga o‘sdi.
Ta’kidlab o‘tish kerakki, aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 6,1 mln.so‘mni (10-o‘rin), o‘sish sur’atlari 107,9%ni (8-o‘rin) tashkil etgan.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining eng yuqori ko‘rsatkichi Jizzax shahri (14,7 mln.so‘m), Zafarobod (22,9 mln.so‘m) va Do‘stlik (12,8 mln.so‘m) tumanlarida kuzatilgan bo‘lsa, Baxmal (0,6 mln.so‘m), Sharof Rashidov (1,7 mln.so‘m) va Zomin (2,0 mln.so‘m) tumanlarida eng pastki ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, sanoat mahsulotlarining 93,6% qayta ishlash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bunda tog‘-kon sanoati ulushi - 1,3%, elektr ta’minoti, gaz, bug‘ yetkazib berish va sun’iy iqlim xosil qilish ulushi – 4,0%, suv ta’minoti, oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 1,1%ni tashkil etdi.
Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (28,6%), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (15,5%), boshqa nometall meniral mahsulotlar ishlab chiqarish (18,6%), avtotransport vositalari, treyerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish (13,6%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.
Jami sanoat yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 3 654 tani (jami korxonalarning 16,1%) tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 105,2%ga o‘sdi.
Shundan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 118 tani tashkil etib, jami XKI korxonalarning 55%ni tashkil etgan
2021 yil davomida viloyat bo‘yicha qiymati 1 863 mlrd.so‘mlik (21,4%) sanoat mahsulotlari ekport qilingan. Eksportning 73,4%i Zarbdor, 40,3%i Mirzacho‘l va 31,2%i Do‘stlik tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2022 yilda sanoat yo‘nalishida qiymati 12,0 trln.so‘mlik (jami loyihalar summasining 88%) 109 ta loyihalar (31%) amalga oshirilib, 8 806 nafar (71%) yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi
Ulug‘bek Xujakulov
Izoh qoldirish