Jizzax viloyatining 2023 yilning 9 oylik tashqi savdo aylanmasi tahlil qilindi

Jizzax viloyatining 2023 yilning 9 oylik  tashqi savdo aylanmasi tahlil qilindi

Yanvar-sentyabr oylari davomida Jizzax viloyatining tashqi savdo aylanmasi 1 028,9 mln. dollar bo‘lib, shundan 87 foiz – 897,4 mln. dollar import va 13 foiz – 131,5 mln.dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida -765,9 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.

Jizzax viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 511,7 mln. dollar bilan Xitoy bilan bo‘lib, 487,3 mln.dollar importni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (234,5 mln.doll.), Chexiya (73,8 mln.doll.), Rossiya (58,4 mln.doll.) davlatlari turadi.

Hisobot davrida hududda sanoat mahsulotlari eksporti 9,8 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 19,6 mln dollar, har xil tayyor mahsulotlar 15,8 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 10,3 mln.dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 5,4 mln. dollar hamda boshqa tovarlar eksporti 68,2 mln.dollarni tashkil etdi.

Ushbu davrda mashina va transport uskunalari importi 565 mln. dollar, oziq-ovqat mahsulotlari 12,3 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 18,2 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 19,1 mln. dollar, har xil tayyor mahsulotlar 10,3 mln. dollarni tashkil etdi.

Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 47,5 foizi Jizzax shahri, 9,6 foizi Do‘stlik, 9,5 foizi Zarbdor, 7,5 foizi Paxtakor tumanlaridan amalga oshirildi.

Importning 39,3 foizi G‘allaorol tumaniga, 39 foizi Jizzax shahriga to‘g‘ri keladi.

Feruz Raximov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar