O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faolligi tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tezkor ma’lumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) hisoblab chiqiladi.
Monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning yanvar oyida respublika soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,3%ga oshgan.
Jumladan, Jizzax (47,9%), Navoiy (29,4%), Samarqand (27,1%), Andijon (19,0%) va Toshkent (18,6%), viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (19,7%) va Toshkent shahrida (28,7%) soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi.
Tahlillarga ko‘ra, mamlakatda 2023 yil 1 yanvardan boshlab QQS stavkasining 15%dan 12%ga tushirilishi va ob-havo inqiroziga (yanvar oyining o‘rtalarida ob-havo keskin sovub ketgani tufayli ishlab chiqarish ob’yektlarida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotidagi uzilishlarga) qaramay, soliq tushumlari o‘rtacha darajada oshdi.
Tahlillarga ko‘ra, mamlakatda 2023 yil 1 yanvardan boshlab QQS stavkasining 15%dan 12%ga tushirilishi va ob-havo inqirozi, yanvar oyining o‘rtalarida ob-havo keskin sovub ketgani tufayli ishlab chiqarish ob’yektlarida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotidagi uzilishlarga qaramay, soliq tushumlari o‘rtacha darajada oshdi.
Bundan tashqari, soliq tushumlari manbalari bo‘yicha QQS 20%ga, daromad solig‘i tushumlari 15%ga, mol-mulk solig‘i 37%ga, yer solig‘i 38%ga oshdi, bu esa oy oxirigacha o‘rtacha o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga imkon beradi.
Tahlil qilinayotgan davrda bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 2022 yilning shu davriga nisbatan 28,9%ga oshdi. Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi Surxandaryo (73,9%), Samarqand (43,1%), Toshkent (34,2%), Namangan (34,0%) va Farg‘ona (10,9%) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (73,8%) va Toshkent shahrida (59,5%) kuzatildi.
Bojxona to‘lovlaridan tushadigan daromadlarning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar 2023 yil yanvar oyida importning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,3 foizga o‘sishi bo‘ldi.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan 31 yanvarga qadar tovarlar eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,6%ga pasaygan. Eksportning sezilarli kamayishi Surxondaryo (-40,1%), Buxoro (-27,8%), Jizzax (-19,3%), Toshkent (17,8%), Namangan (9,8%), Samarqand (9,3%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (-41,2%) kuzatildi.
Eksport hajmining kamayishi Surxondaryo viloyatida ip-kalava va to‘qimachilik mahsulotlari eksporti, Buxoro viloyatida – paxta tolasining ichki bozorga yo‘nalishi, Jizzax, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ip-kalava eksporti, Toshkent viloyatida metall va undan tayyorlangan mahsulotlar eksporti kamaygan, Samarqand viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti kamaygan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa plastmassa va ip-kalava eksport hajmi qisqardi.
Eksportning sezilarli o‘sishi Navoiy (70,5%), Sirdaryo (55,5%), Xorazm (23,6%), Andijon (9,2%), Qashqadaryo (7,6%) viloyatlarida va Toshkent (5,7%) shaharida kuzatildi.
O‘zbekiston eksportining o‘sishi sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining o‘sish sur’atlari oshgani bilan izohlanadi.
Joriy yilning 1 yanvaridan 31 yanvarigacha bo‘lgan davrda tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,8%ga oshdi.
Kreditlar berish hajmi Toshkent (102,3%), Sirdaryo (73,5%), Xorazm (71,4%), Farg‘ona (44,6%) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (17,8%) va Toshkent shaharida (32,7%) sezilarli darajada oshgani qayd etildi.
Tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida amalga oshirilgan bitimlar hajmi 32,1%ga o‘sdi. Birja faoliyatining sezilarli o‘sishi Qashqadaryo (93,2%), Sirdaryo (86,2%), Samarqand (67,0%), Xorazm (62,8%) viloyatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida (68,2%) va Toshkent (28,5%) shahrida kuzatildi.
Ushbu hududlarda tuzilgan bitimlar hajmining o‘sishi suyultirilgan gaz, mineral o‘g‘itlar, texnik chigit, avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, qurilish va xo‘jalik materiallari, o‘simlik yog‘i, bug‘doy uni, bug‘doy, shakar, paxta tolasi, qora va rangli metallar, polietilen va boshqa mahsulotlar savdosining ko‘payishi hisobidan erishilgan.
Tahlil qilinayotgan davrda 6 046 ta yangi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tashkil etilib, ularning eng ko‘pi Farg‘ona (553), Toshkent (513), Samarqand (469), Xorazm (453), Buxoro (402) viloyatlarida va Toshkent shahrida (1 362) ro‘yxatga olingan.
Izoh qoldirish