Karantin vaqtida ruxsat berilmagan faoliyat turlari bilan shug‘ullanganlar javobgarlikka tortiladi

Karantin vaqtida ruxsat berilmagan faoliyat turlari bilan shug‘ullanganlar javobgarlikka tortiladi

Karantin cheklovlari sharoitida ruxsat berilmagan tadbirkorlik faoliyati (xostellar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari) bilan shug‘ullanmaslik Milliy gvardiya, Ichki ishlar, soliq organlari va Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan muntazam ravishda profilaktika tadbirlarini o‘tkazgan holda nazoratga olish va mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish belgilandi.

Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirib-chiqish postlarida sanitariya-gigiyena va karantin talablariga rioya etish, shu jumladan, avtotransport vositalarini dezinfeksiyadan o‘tkazish talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar