O‘zbekistonga 5,44 mlrd. dollar miqdorida transchegaraviy pul o‘tkazmalari kelib tushgan

O‘zbekistonga 5,44 mlrd. dollar miqdorida transchegaraviy pul o‘tkazmalari kelib tushgan

Joriy yil yanvar-noyabr davomida respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 5,44 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 85 mln. dollarga yoki 2 foizga kamaydi.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 1,08 mlrd. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119 mln. doll. yoki 12 foizga oshdi.

Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 4,36 mlrd. dollarga yetdi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar