Kimlarga mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 100 foiz to‘lanadi?

Kimlarga mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi 100 foiz to‘lanadi?

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, ayrim xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi:

- ishlayotgan 1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga;
- baynalminal jangchilar va ularga tenglashtirilganlarga;
- qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari borlarga;
- Chernobil AESdagi avariyani tugatishda qatnashganlarga;
- Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, o‘tkir leykoz, adenoma, rak va xavfli o‘smali kasallikka chalinganlarga;
- mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lganlarga.

Boshqa xodimlarga quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
- ish staji 8 yil va undan ko‘p xodimlarga va 21 yoshga yetmagan chin yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
- ish staji 8 yilgacha xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar