Koronavirus oziq-ovqat orqali yuqishi mumkinmi?

Koronavirus oziq-ovqat orqali yuqishi mumkinmi?

Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi (EFSA) bayonotiga ko‘ra, hozirda koronavirus COVID-19 infeksiyasi oziq-ovqat orqali insonga yuqishi isbotlanmagan.

Boshqarmaning ilmiy xodimi Marta Xugasning ta’kidlashicha, koronavirus tarqalishining avvalgi SARS-CoV (koronovirusning o‘tkir-og‘ir respirator sindromi) va MERS-CoV (koronovirusning yaqin-sharqiy respirator sindromi) tajribasi shuni ko‘rsatdiki, virusning manbasi yoki yuqishi oziq-ovqat emas.

“Interfaks”ning yozishicha tez fursatda butun dunyoga tarqalib borayotgan COVID-19 virusini EFSA sinchkovlik bilan kuzatmoqda.

Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (YeCDC) yangi koronavirus odamdan odamga asosan havo tomchilari orqali (aksirish, yo‘talish yoki oddiygina nafas olish orqali) yuqadi. Biroq, markaz aynan hayvonlar Xitoyda boshlang‘ich infeksiyaning manbai bo‘lganini eslatgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar