Markaziy bank 12 noyabr uchun oltin quymalar narxini e’lon qildi

Markaziy bank 12 noyabr uchun oltin quymalar narxini e’lon qildi

Ma’lumot uchun, aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, qimmatbaho metallar muomalasini rivojlantirish maqsadida joriy yilning 2 noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.

Og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.

  • 5 grammlik oltin narxi - 3 441 000 so‘m;
  • 10 grammlik oltin narxi - 6 632 000 so‘m;
  • 20 grammlik oltin narxi - 13 138 000 so‘m;
  • 50 grammlik oltin narxi 32 219 000 so‘m.

O‘lchovli oltin quymalarni sotish narxlari kunlik yangilanadi.

Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada e’lon qilib boriladi.

Ma’lumot uchun: Marja va chegirma miqdorlari o‘lchovli quymalarning muomalaga chiqarilishi va muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq operatsion xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga to‘lovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.

Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekpertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng to‘lov to‘lab beriladi.

Qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Oltin quymalarning namunalari, narxlari va sotib olish shoxobchalari kabi ma’lumotlar bilan Markaziy bankning veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni oltin quymalar narxi quyidagicha edi:

  • 5 grammlik oltin narxi - 3 443 000 so‘m;
  • 10 grammlik oltin narxi - 6 636 000 so‘m;
  • 20 grammlik oltin narxi - 13 147 000 so‘m;
  • 50 grammlik oltin narxi 32 242 000 so‘m.
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar