Markaziy bank 200 va 500 so‘mlik banknotlarni almashtirish muddati qachongacha ekanligini eslatib o‘tdi

Markaziy bank 200 va 500 so‘mlik banknotlarni almashtirish muddati qachongacha ekanligini eslatib o‘tdi

Ma’lumki, 1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik, 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar 2020 yil 1 iyuldan qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotdi (Adliya vazirligida 2018 yil 19 mayda 3014-son bilan ro‘yxatga olingan nizomga asosan).

Respublikamizda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan e’lon qilingan karantin sharoitida aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga qulaylik yaratish maqsadida istisno tariqasida tijorat banklarining barcha bo‘linmalari (jumladan, bank xizmatlari ofislari, mini-banklar kassalari va boshqa bankdan tashqari operatsion kassalar) tomonidan 2020 yil 1 sentyabrga qadar eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlarni qabul qilish hamda muomaladagi banknotlar va tangalarga moneliksiz almashtirib berish yuzasidan xabar berilgan edi.

Shu munosabat bilan, eski namunadagi 200 so‘m va 500 so‘m qiymatidagi banknotlaringiz mavjud bo‘lsa, ularni joriy yil 29 avgustga qadar (avgust oyining oxirgi bank ish kuni) tijorat banklarining barcha bo‘limlari kassalarida, 2020 yil 1 sentyabrdan keyin Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlarida belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olishingiz mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tamiz.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar