Bunda ushbu muassasalar muayyan sanitariya talablariga bo‘ysunishlari lozim.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 15 avgustdan boshlab nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari (markazlari) faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda ushbu muassasalar muayyan sanitariya talablariga bo‘ysunishlari lozim.
2020 yil 17 avgustdan boshlab diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat’iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishi ta’minlanishi lozim.
Eslatma: diniy tashkilotlarda juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlarni vaqtinchalik amalga oshirmaslik talab etiladi.
Izoh qoldirish