Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ijodiy tanlov e’lon qildi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ijodiy tanlov e’lon qildi

5 dekabr – Butunjahon raqobat kuni munosabati bilan “Raqobat bilan rivojlanish sari” nomli jurnalist va blogerlar hamda soha qiziquvchilari o‘rtasida tanlov e’lon qilindi.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlarda g‘olib bo‘lishlari mumkin:

Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha

– Eng yaxshi reportaj

Bosma nashr yo‘nalishi bo‘yicha

– Eng yaxshi maqola

Internet nashr yo‘nalishida

– Eng yaxshi maqola

Ijtimoiy tarmoqlardagi blogpostlar yo‘nalishida

– Eng ommabop va qiziqarli blogpost

Tanlov materiallarining tili: o‘zbek, rus, ingliz

Ijodiy ishlar 2021 yilning 5 noyabrdan 30 noyabrgacha tanlov@antimon.gov.uz manziliga taqdim etilishi hamda joriy yil 1 yanvardan 25 noyabrgacha bo‘lgan davr oralig‘ida yoritilgan materiallar bo‘lishi shart.

Tanlov g‘oliblari joriy yilning dekabr oyida e’lon qilinadi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga ishtirokchilardan 3 tagacha materiallar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-47-00 (225)

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar