Joriy yilning 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida London (Buyuk Britaniya)dagi PRISM tahlil markazi katta tahlilchisi T.Folmer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, mamlakatning jahon sahnasida yangilangan tashqi siyosati, hamkorlikni yanada rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollari borasida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
O‘z navbatida, Britaniya tomoni O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan so‘nggi o‘zgarishlar va islohotlar juda muhim va o‘z vaqtida amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori O. Xakimov mehmonlarga Markaz xodimlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berdi. Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) va jahon savdo tashkiloti (JST) doirasidagi integratsiya jarayonlarining ta’sirini va batafsil tahlilini baholash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.
T. Vollmer ushbu tadqiqotlarga alohida qiziqish bildirdi. Jumladan, britaniyalik tahlilchi YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini so‘radi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbarining qayd etishicha, bugungi kunda markaz mutaxassislari O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholash, shuningdek, savdo siyosatidagi o‘zgarishlarning O‘zbekiston va alohida tarmoqlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganmoqda.
"O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi o‘zbek mahsulotlarining Ittifoq mamlakatlari bozorlariga chiqishidagi to‘siqlarni va eksport bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. YeOIIni kengaytirish, ushbu tashkilotning boshqa davlatlar bilan erkin savdo zonalarini yaratish O‘zbekiston eksportini ushbu mamlakatlar bozoriga chiqishiga ko‘maklashishi mumkin", - deydi O. Xakimov.
Shu bilan birga, u YeOIIga a’zo bo‘lish ichki bozorning yanada ochiqligini talab qiladi, bu yerda mahalliy ishlab chiqaruvchilar Ittifoq doirasidagi mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlashadi. Shu bois, asosiy masala ichki biznesning raqobatbardoshligini mustahkamlashdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari o‘z tadqiqotlarida raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan omillar, jumladan, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni ham hisobga olishadi. Xususan, tegishli vazirlik va idoralari bilan ko‘plab sohalarda tahlillar olib borilmoqda.
Muzokaralar yakunida 2020 yilda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tadqiqot dasturi asosida tomonlar o‘rtasida yanada yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Izoh qoldirish