Prezidentning tegishli Farmoni asosida Mustaqillik bayrami arafasida hamda bayramdan keyin ish va dam olish kunlari haftasiga 5 kunlik ishlaydiganlarga ham, 6 kunlik ishlaydiganlarga ham bir xil bo‘ladi.
Taqvim quyidagicha ko‘rinish oladi:
-31 avgust (seshanba) — ish kuni;
- 1 sentyabr (chorshanba) — Mustaqillik bayrami;
- 2 sentyabr (payshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 3 sentyabr (juma) — qo‘shimcha dam olish kuni;
- 4 sentyabr (shanba) — dam olish kuni;
- 5 sentyabr (yakshanba) — dam olish kuni.
- 6 sentyabr (dushanba) — ish kuni.
Ma’lumot uchun:
4 sentyabr (shanba) kuni haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanishi belgilangan. Buning evaziga ular boshqa qaysidir kuni ishlab berishlari shart emas yoki mehnat ta’tili kunidan ham qisqartirilmaydi;
2 va 3 sentyabr qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangani hisobiga har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi 2 kunga qisqartiriladi. Ammo mehnat ta’tili davrida saqlanadigan o‘rtacha oylik ish haqi (xalq tilida — "otpusknoy pul") kamaytirilmaydi.
Izoh qoldirish