Namangan viloyatining 2022 yil yakunlari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari

Namangan viloyatining 2022 yil yakunlari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari

Tahlil natijalariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylari mobaynida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $1 276 mln.ni shundan, eksport $581 mln. va import $695 mln.ni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17% (eksport – 17,1%, import – 16,8%)ga o‘sganini ko‘rsatadi.

Xozirgi kunda Namangan viloyati dunyoning 76 tadan ortiq mamlakatlari bilan aktiv savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. 2022 yilda MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi - $682 mln.ni (53,4%) va dunyoning boshqa davlatlari bilan $595 mln.ni (46,6%) tashkil qilgan. Mamlakatlar kesimida qaralganda, asosiy eksport ulushi Rossiya ($297 mln.), Qirg‘iziston ($63 mln.), Qozog‘iston ($45 mln.), Turkiya ($41 mln.) va Xitoy ($40 mln.), davlatlari hissasiga, yuqori import ulushi esa Xitoy ($231 mln.), Rossiya ($112 mln.), Qozog‘iston ($68 mln.) va Turkiya ($61 mln.) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Yuqoridagi keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2021 yilning shu davriga nisbatan, MDH davlatlari bilan 2,4%ga o‘sgan, boshqa davlatlar bilan esa 2.3%ga kamaygan.

Viloyatning asosiy eksportyorlari soni 2022 yilda 486 taga yetgan va ular tomonidan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning asosiy tarkibini (qimmatbaho metallardan tashqari) sanoat mahsulotlari (52%), har xil tayyor mahsulotlar (20,8%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (18,2%) tashkil etgan. Shuningdek, qiymati $390 mln.li to‘qimachilik mahsuloti eksporti amalga oshirilgan (umumiy eksportning 67,2%). Mashinalar va transport asbob uskunalari (32,1%), sanoat tovarlari (23,3%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (16%) importning asosiy qismini tashkil qilgan.

Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar