Tahlil natijalariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida Namangan viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi $939,6 mln.ni shundan, eksport $436,3 mln. va import $503,3mln.ni tashkil qilib, respublikada tashqi savdo aylanmasi ulushi bo‘yicha 5-o‘rinni egallagan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,9% (eksport – 22,3%, import – 16,2%)ga o‘sishni ko‘rsatadi.
MDH davlatlari bilan tovar va xizmatlar aylanmasi - $502,2 mln.ni va dunyoning boshqa davlatlari bilan $434,7 mln.ni tashkil qilgan. Mamlakatlar kesimida qaralganda, Namangan viloyatining asosiy eksport ulushi Rossiya ($221 mln.), Qirg‘iziston ($51 mln.), Turkiya ($ 35 mln.) va Qozog‘iston ($31 mln.) davlatlari xissasiga, import ulushi esa Xitoy ($ 185 mln.), Rossiya ($427 mln.), Qozog‘iston ($46 mln.) va Turkiya ($39 mln.) davlatlari xissasiga to‘g‘ri kelgan. Yuqoridagi keltirilgan raqamlar shuni ko‘rsatadiki, viloyatning savdo aylanmasi 2021 yilning shu davriga nisbatan, MDH davlatlari bilan 48%ga, boshqa davlatlar bilan 45%ga o‘sishga erishilgan.
Viloyatning asosiy eksport maxsulotlari tarkibini sanoat maxsulotlari (55%), xar hil tayyor maxsulotlar (21,5%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (15,5%), tashkil etgan. Mashinalar va transport asbob uskunalari (33,9%), sanoat tovarlari (23.2%), oziq-ovqat va tirik hayvonlar (7,2%) importning asosiy qismini tashkil qilgan.
Izoh qoldirish