Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 13 768,0 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,2%ni tashkil etdi. Ushbu davr mobaynida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmining 928,2 mlrd. so‘mi markazlashgan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan 12 839,8 mlrd. so‘mi markazlashmagan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, markazlashmagan investitsiyalar tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar miqdori salmoqli bo‘lgan. 2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakuni bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 5 196,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138,0% oshgan.
2023 yil yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati (47,8%), turar joy qurulishiga investitsiyalar (10,5%), eng kam ulush esa elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni kanditsiyalash (2,2%), davlat boshqaruvi va mudofa sohasidagi faoliyat (1,8%) va tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashga (1,5%) investitsiyalar kiritilgan.
Shaharlar va tumanlar kesimida aholi jon boshiga eng katta asosiy kapitalga investitsiyalarning hajmi Namangan tumani (7 715,0 ming so‘m), Namangan shahri (7 272,8 ming so‘m), va To‘raqo‘rg‘on tumanida (6 772,6 ming so‘m) qayd etildi. Shuningdek, Chust (4 416,6 ming so‘m), Mingbuloq (4 409,2 ming so‘m) va Chortoq (4 127,5 ming so‘m) tumanlarida ham aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar salmoqli bo‘ldi. Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalarning eng past ko‘rsatkichi Uychi (2 058,4 ming so‘m), Yangiqo‘rg‘on (1 986,3 ming so‘m) va Norin (1 922,0 ming so‘m) tumanlarida kuzatildi. Hududlar kesimida jon boshiga investitsiyalarning eng yuqori o‘sish sur’ati Chortoq (175,9%), Uychi (158,1%) va Mingbuloq (157,9%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng past o‘sish sur’ati Yangiqo‘rg‘on (81,9%) va Pop tumanlarida (76,9%) kuzatildi.
2023 yil yanvar-sentyabr viloyat hududida 990,6 ming kv.m turar joylar foydalanishga topshirilgan bo‘lib, shundan 639,2 ming kv.m bo‘lgan turar joylar qishloq joylaridagi joylar hisoblanadi. Bundan tashqari 34,8 km suv tarmoqlari ishga tushirildi.
Izoh qoldirish