Namangan viloyati bo‘yicha 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 12 933,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 6,8% ga ko‘paygan. Viloyat chakana savdo tovar aylanmasining respublikadagi ulushi 6,3% tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari hissasiga 93,8% va yirik korxonalar hissasiga 6,2% to‘g‘ri keldi. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 8,4% ga ko‘raygan va 796,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 12 136,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 6,7% ga ko‘raygan.
Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi bo‘yicha Uychi (99,2%), Kosonsoy (99,0%) va Yangiqo‘rg‘on (97,5%) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning eng katta ulush To‘raqo‘rg‘on (9,7%), Namangan shahar (8,0%), Pop(8,0%), va Chust (7,0%) tumanlarida kuzatildi.
Namangan viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmida eng yuqori ulushni 5 177,1 mlrd. so‘m (40,0%) bilan Namangan shahri tashkil etdi. Viloyati chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni 391,9 mlrd. so‘m (3,0%) bilan Mingbuloq tumani tashkil etdi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 277,8 ming so‘m (2022 yilning mos davriga nisbatan 4,4% ga ko‘paygan). Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqorisi Namangan shahri (7 555,6 ming so‘m), Norin (4 216,3 ming so‘m), To‘raqo‘rg‘on (3 808,2 ming so‘m) va Chust (3 592,1 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Viloyat aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasida boshqa barcha hududlarda o‘sish kuzatildi. Mingbuloq tumani (107,3%), Namangan shahri (107,1%) va Pop tumanida (104,1%) aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi.
Izoh qoldirish