Namangan viloyatining asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya ko‘rsatkichlari

Namangan viloyatining asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya ko‘rsatkichlari

2021 yilda viloyatda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi joriy narxlarda 13 302,4 mlrd.so‘m (2020 yilga nisbatan 102,9%)ni tashkil qilgan.Viloyat o‘tgan yili asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha respublikada 7-o‘rinni egallagan.

Viloyatdagi asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini tumanlar miqyosida tahlil qilsak, Namangan shahri (5416,93 mlrd.so‘m), Chust (1188,67 mlrd.so‘m), Namangan (1170,65 mlrd.so‘m), To‘raqo‘rg‘on (1099,88 mlrd.so‘m) tumanlari yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Uychi (454,26 mlrd.so‘m), Norin (399,98 mlrd.so‘m), Mingbuloq (354,88 mlrd.so‘m) tumanlari asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Aholi asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi viloyatda o‘rtacha qiymati 4588,1 ming so‘mni tashkil qilgan. Namangan shahri (8295,4 ming so‘m) va Namangan tumanida (6439,2 ming so‘m) aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Chortoq (2658,0 ming so‘m), Norin (2385,1 ming so‘m), Uychi (2069,5 ming so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga hisoblangan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi nisbatan past ko‘rsatkichni tashkil qilgan.

Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismini qabul qilingan mablag‘lar (61,6%) tashkil etgan. Korxonalar va aholining o‘z vositalarining asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 38,4%ga teng. Qabul qilingan mablag‘lar tarkibida chet el investitsiyalari va kreditlari (30,3%), banklarning kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari (15,4%) va davlat byudjeti (7,1%) mablag‘lari mavjud.

Shoiraxon Nurdinova

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar