Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil 1-chorak yakunlari

Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi sohasining 2022 yil 1-chorak yakunlari

2022 yilning yanvar-mart oylarida viloyatning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 1 863,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi.

Shundan, dehqonchilik va chorvachilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 1745,5 mlrd so‘mni (93,86%), o‘rmon xo‘jaligi - 83,3 mlrd so‘mni (4,47%) va baliqchilik xo‘jaligi sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar - 34,5mlrd so‘mni (1,85%) tashkil qildi.

Qiziltepa (10,32 mln.so‘m), Tomdi (6.14 mln.so‘m) va Uchquduq (3.18 mln.so‘m) tumanlarida aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori kshrsatkichlarni, Navoiy shahri (0,08 mln.so‘m), Zarafshon shahri (0,20 mln.so‘m) va Konimex tumanida (0,78 mln.so‘m) eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Eng yuqori qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari Karmana (105,7%), Konimex (106,2%) va Qiziltepa (105,4%) tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Navoiy shahri eng kam ulush 68,6% tashkil etdi.

Jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 60.1 foizi Xatirchi (25,6%), Qiziltepa (19,4%), Navbahor (15,1%) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi va qolgan 39,9 foizi boshqa tumanlarda yetishtirilgan

Viloyat qishloq xo‘jaligi tarkibidagi fermer xo‘jaligi ulushi 8,9%ni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 106,6%, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari ulushi 85,6%ni tashkil etib 2021 yilning mos davriga nisbatan 102,0% va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi 4,9%ni tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 161,8 foizga oshgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmida chorvachilik mahsulotlari 96,4% va dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 3,6%ni tashkil etadi. 2022 yilning yanvar - mart oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 1 671,8 mlrd co‘mni (2021 yilning mos davriga nisbatan 102,7%) hamda dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 62,2 mlrd. so‘mni (2021 yilning mos davriga nisbatan 101,5%)ni tashkil etdi.

2022 yilning yanvar - mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 29,3 ming tonna go‘sht (2021 yilning mos davriga nisbatan 2,7%ga ko‘p), 82,4 ming tonna sut (3,2%ga ko‘p), 75,5 mln. dona tuxum (3,1%ga ko‘p) yetishtirildi, 1,9 ming tonna baliq (20,1%ga ko‘p) ovlandi va 2730 tonna sabzavotlar (2021 yilning mos davriga nisbatan 5,5%ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 70,3%i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Bahodir Husanov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Samarqand filiali bosh ilmiy xodimi

Ushbu hududga oid materiallar:

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar