Navoiy viloyatining 2024 yil I chorak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili

Navoiy viloyatining 2024 yil I chorak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili

Ushbu davrda Navoiy viloyati YaHM hajmi 21,0 trln. so‘mni tashkil etgan xolda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8% ga o‘sgan, shuningdek YaIM tarkibida viloyatning hissasi 8,6% ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 19 481,3 ming so‘mni tashkil qilgan o‘tgan mos davrga nisbatan 5,8% ga kamaygan.

Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 98,9%ini tashkil etgan bo‘lsa, maxsulotlarga sof soliqlar esa 1,1%ini tashkil etgan.

YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi 75,2% (2023 yilda 77,7%), qurilish ulushi 2,7% (2023 yilda 3,2%), qishloq xo‘jaligi ulushi 6,4% (2023 yilda 7,6%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 13,2% (2023 yilda 14,0%) ni tashkil qilgan.

2024 yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik 3 864,9 mlrd. so‘m (2023 yilning yanvar-mart oylarida – 3 343,5 mlrd. so‘m)ni va YaHMdagi ulushi 18,6% (2023 yilning yanvar-mart oylarida – 21,3%)ni tashkil etgan. Kichik tadbirkorlikning YaHMdagi ulushining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayishi yirik korxonalar ulushining oshishi bilan bog‘liq.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Ardasher Murtazayev

Maqolani ulashing

Izohlar qo'shilmagan

O'xshash yangiliklar