O‘zbekistonda auditorlik faoliyati uchun qo‘yiladigan talablar

O‘zbekistonda auditorlik faoliyati uchun qo‘yiladigan talablar

Moliya vazirligi auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Bu haqda Prezident tomonidan imzolangan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunda keltirilgan.

Qonunga ko‘ra, Auditor sifatida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritishi mumkin.

Moliya vazirligi saytida auditorlik faoliyatiga oid ma’lumotlar, auditorlik faoliyatining standartlari joylashtirilishi lozim.

Banklar va boshqa kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishida Markaziy bank mas’ul organ hisoblanadi.

Auditorlar jamoat birlashmalari ularning malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test sinovlarini tuzishda ishtirok etish huquqiga ega.

Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Auditor o‘zi ishlaydigan faqat bitta tashkilot muassisi bo‘lishi mumkin.

Auditorlik sertifikati Moliya vazirligi tomonidan beriladi.

Sertifikat olish uchun talabgor oliy ma’lumotli va oxirgi 10 yildan 3 yil buxgalteriya va audit sohasida yoki OTMda ishlagan bo‘lishi kerak.

Sertifikat uchun arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda malaka imtihoni topshirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Shuningdek, Qonun bilan auditorlik tashkilotining maqomi ham belgilandi.

Jumladan, auditorlik tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlar reyestrga kiritilganidan faoliyat yuritish huquqiga ega.

Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlarni ko‘rsatadi.

Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar