Noyabr oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichi mo‘’tadil darajada oshdi

Noyabr oyida O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichi mo‘’tadil darajada oshdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil noyabr oyida quyidagilarni tashkil etdi:

  • 2020 yil oktyabr oyiga nisbatan – 1019 birlikni (o‘sish – 1,9%);
  • 2019 yilning oktyabr oyiga nisbatan – 886 birlikni (pasayish – 11,4%).

O‘zbekistonda joriy yilning noyabr oyida ishbilarmonlik faolligi mo‘’tadil darajada oshdi. Ushbu o‘sish xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank operatsiyalari bo‘yicha komponentning, shuningdek tovar belgilari bo‘yicha komponentning keskin oshganligi bilan izohlanadi.

1-rasm. 2020 yilning noyabr oyida IFI o‘tgan oyga nisbatan 1,9 foizga oshgan.

Komponentlar darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan

2020 yilning oktyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 1,9 foizga oshib, 1019 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreratsiyalar soni 1,1 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 1,1 foizga oshgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 0,3 foizga kamaygan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 47,0 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2020 yil noyabr oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi Toshkent viloyati (- 5,6%)dan tashqari respublikaning barcha hududlarida o‘tgan oyga nisbatan o‘sish kuzatilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi (46,3%), Sirdaryo (40,3%), Qashqadaryo (39,7%), Buxoro (39,2%) va Surxondaryo (36,4%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

2-rasm. 2020 yil noyabr oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

Ishbilarmonlik faolligi indeksining o‘tgan oyga nisbatan mo‘’tadil darajadagi o‘sishiga qaramasdan, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning noyabr oyiga nisbatan oxirgi 5 oy ichida qayta tiklana olmayapti va 11,4 foizga kamayish kuzatilgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2020 yil noyabr oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 4 280,3 ming tani tashkil etdi va oktyabr oyiga nisbatan 47,6 ming tranzaksiyaga (1,1%) oshgan. Shuningdek, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,8 foizga sezilarli darajada kamayib ketgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni 8 ta hududda oshgan

2020 yil noyabrda respublikaning 8 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Qoraqalpog‘iston Respublikasi (7,7%), Farg‘ona (5,2%) va Namangan (4,8%) viloyatlarida kuzatilgan. 6 ta hududdan sezilarli darajadagi pasayish Jizzax (-6,4%), Buxoro (-2,9%) va Surxondaryo (-2,5%) viloyatlarida kuzatildi.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2020 yilning noyabr oyida IFIning birja komponenti 0,9970 birlikni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan 0,3 foizga pasaydi. Ushbu komponentning pasayishi har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha jismoniy hajmining 4,9 foizga kamayishi bilan izohlanadi.

Noyabr oyi natijalariga ko‘ra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 31 363 ta bitim imzolangan bo‘lib, oktyabr oyiga (30 086) nisbatan 1 277 ta bitimga (4,2 foizga) oshgan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil noyabr oyida 3 763,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 4,8 foizga pasaygan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2020 yil noyabr oyida 1,0113 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 1,1 foizga oshganligini ko‘rsatadi.

2020 yil noyabr oyida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga nisbatan 6 248 taga ko‘payib, 510 258 tani (2020 yilning oktyabr oyida 503 217 ta) tashkil etdi.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilar soni 13 taga oshgan

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 405 019 tagacha yetib, o‘tgan oyga nisbatan 6 248 taga oshgan. Fermer xo‘jaliklari soni 101 493 tadan 102 273 tagacha (780 taga) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 2 966 tani tashkil etib, 2020 yil oktyabr oyiga nisbatan 13 taga oshgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2020 yil noyabr oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 1,4699 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 46,9 foizga oshgan. Joriy yilning noyabr oyida yuridik shaxslar tomonidan 122 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

Hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1463

1,0773

2,0000

1,0260

2,0000

Sirdaryo viloyati

1403

1,0310

2,0000

1,0112

↓0,6667

Qashqadaryo viloyati

1397

↓0,9788

2,0000

1,0200

1,0000

Buxoro viloyati

1392

↓0,9706

2,0000

1,0103

1,0000

Surxondaryo viloyati

1364

↓0,9751

2,0000

1,0113

↓0,0000

Jizzax viloyati

1351

↓0,9364

2,0000

1,0149

↓0,0000

Xorazm viloyati

1263

1,0088

1,5663

1,0137

2,0000

Navoiy viloyati

1240

↓0,9897

1,6897

↓0,9910

↓0,0000

Samarqand viloyati

1146

1,0005

1,1343

1,0087

4,0000

Farg‘ona viloyati

1023

1,0522

↓0,9633

1,0221

1,5000

Namangan viloyati

1020

1,0477

1,0035

1,0076

1,0000

Toshkent shahri

1014

1,0183

↓0,9764

1,0073

1,5085

Andijon viloyati

1007

1,0156

↓0,9955

1,0155

1,0000

Toshkent viloyati

944

↓0,9842

↓0,8775

1,0064

↓0,9000

Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

Samarqand viloyati

1467

↓0,8970

1,7904

1,4406

4,0000

Navoiy viloyati

1420

↓0,8362

2,0000

1,4892

↓0,0000

Namangan viloyati

1382

↓0,7827

2,0000

1,3079

↓0,6667

Sirdaryo viloyati

1380

↓0,6518

2,0000

1,3263

2,0000

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1370

↓0,7445

1,9133

1,2935

2,0000

Toshkent shahri

1365

1,0668

1,7432

1,2007

1,0114

Toshkent viloyati

1330

↓0,6909

2,0000

1,2407

↓0,5000

Surxondaryo viloyati

1325

↓0,7767

1,8371

1,4468

↓0,0000

Xorazm viloyati

1311

↓0,7563

1,7663

1,2714

2,0000

Qashqadaryo viloyati

1214

↓0,6973

1,6885

1,2031

1,0000

Farg‘ona viloyati

1183

↓0,7746

1,3262

1,3245

3,0000

Buxoro viloyati

1156

↓0,7535

1,4174

1,3414

1,0000

Jizzax viloyati

1072

↓0,6789

1,2883

1,4485

↓0,0000

Andijon viloyati

948

↓0,6344

1,0237

1,1666

2,0000

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar