Obod bo‘layotgan Gulbog‘

Obod bo‘layotgan Gulbog‘

Ana shunday manzillar qatori Toshkent shahri Bektemir tumani “Gulbog‘” mahallasida ham Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, sohaviy tashkilotlar vakillari, Toshkent shahri va Bektemir tumani sektor rahbarlari, a’zolari, mahalladagi “beshlik”dan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan xonadonbay yurib, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kelib tushgan murojaatlar asosida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 12,8 km ichimlik suvi quvurlari tortildi, natijada 554 ta xonadon ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanadi.

Mahalladagi ichki yo‘llar holatini yaxshilash maqsadida bir kilometr yo‘llar asfalt qilindi. Mahalladagi 3,9 km gaz quvurlari yangilanib, 4 ta gaz taqsimlash punkti ta’mirlandi.

Elektr ta’minoti bo‘yicha 17 ta eskirgan simyog‘ochlar demontaj qilindi va 36 ta yangi o‘rnatildi, 1 ta transformator punkti ta’mirlandi.

Shuningdek, “Gulbog‘” mahallasining Obod, Turkiston, Nafosat, Ziyonur ko‘chalarida sayilgoh, sport maydonchasi, vorkaut, bolalar maydonchalari barpo etish loyihalari ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, fuqarolarning sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bandlik, subsidiya, kredit, uy-joyni ta’mirlash va boshqa masalalar bo‘yicha muammolari aniqlanib, hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Uyma-uy o‘rganishlar natijasida 13 nafar fuqaroga shifoxonalarda davolanish uchun bepul yo‘llanma berildi, 144 nafariga zarur dori-darmon, nogironlik aravachasi va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga turli yordamlar ko‘rsatildi.

Mahallada aholi bandligini ta’minlash va oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 22 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 15 nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilindi hamda 9 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 3 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun subsidiya asosida maishiy texnika olib berildi.

Og‘ir turmush sharoitida yashovchi 48 nafar fuqarolarning xonadonlarida ta’mirlash ishlari belgilanib, hozirda 24 ta xonadonda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ishlar davom etmoqda.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar