Obod bo‘layotgan ovullar

Obod bo‘layotgan ovullar

Aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligidagi 18 ta vazirlik va idora mas’ullaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib o‘rganishlar olib bormoqda.

Dasturga muvoffiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qo‘ng‘irot tumani “Raushan” OFY, Ellikqal’a tumani “Qavat qal’a” MFY, Bo‘zatov tumani “Aspantay” OFY, Taxiatosh tumani “Jayxun” MFYlarda bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, tanlangan hududlarda 10 kilometrga yaqin ichki tuproq yo‘llar qum-shag‘al qorishmasi bilan qoplanib, asfaltlashtirishga tayyorlanib qo‘yildi, 5 kilometrdan ziyod tabiiy gaz quvurlari kapital ta’mirdan chiqarildi. Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1 ta yangi transformator o‘rnatildi, 6 kilometr SIP kabellar tortildi hamda 120 dan ziyod yangi beton tayanch ustunlar o‘rnatildi.

Ellikdan ziyod kam ta’minlangan, ijtimoiy yordamga muxtoj oilalar xonadonlarida kapital va joriy ta’mirlash ishlari ketmoqda, tomorqalari tartibga keltirilmoqda. 20 gektarga yaqin yerlar tozalanib, 100 tonnadan ziyod chiqindi olib chiqib tashlandi.

Aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida 2 000 ga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Natijada, 53 nafar fuqaroga ambulator sharoitda davolanishga order ajratildi, 42 nafar fuqaroga tuman tibbiyot markaziga yo‘llanma berildi, 300 ziyod fuqaroga esa bepul dori-darmonlar yetkazildi.

Oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish hamda bandligini ta’minlash maqsadida tikuvchilik va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 12 nafar fuqaroga 140 million so‘mlik subsidiya, 70 nafar fuqaroga 1.3 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratib berildi. Shu bilan birga 42 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi hamda 60 nafari haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlariga jalb qilindi.

Bundan tashqari, Respublika ishchi guruhi vakillari aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarining qish mavsumiga tayyorgarligini ham o‘rgandi. FVB tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, mingga yaqin xonadon mo‘rilari tozalandi, o‘ndan ziyod ijtimoiy ob’yektlar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rganib chiqilib, ko‘mir saqlash omborlari tartibga keltirildi.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar