Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi: O‘zbekistonning ikkilamchi avtomobil bozorida so‘nggi bir yil ichida narxlar qanday o‘zgargan

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sharhi: O‘zbekistonning ikkilamchi avtomobil bozorida so‘nggi bir yil ichida narxlar qanday o‘zgargan

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) ikkilamchi avtomobil bozoridagi narx o‘zgarishlarini baholadi. Ekspertlar 2020-2021 yil iyul-oktyabr oylari uchun narxlarni solishtirdi.

O‘zbekistonning ikkilamchi avtomobil bozorini tahlil qilish uchun internet ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlashga moslashgan maxsus veb-skraping usuli ishlatildi. Dasturning asosiy xususiyatlaridan biri bu mashina o‘rganishi (Machine learning) usullaridan foydalanishidir. Veb-skraping eng keng tarqalgan foydalanishi ma’lumotlarni yig‘ish, monitoring va narxlarni taqqoslash, bozorni o‘rganish va mahsulot tahlilini o‘z ichiga oladi.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili O‘zbekistonda avtomobillar soni 14,5% ga oshgan. Har 100 oilaga o‘rtacha 50 ta avtomobil to‘g‘ri keladi.

UzAvto mahalliy brendi ikkilamchi avtomobil bozorida yetakchi bo‘lib qolmoqda. 2021 yilning iyul-oktyabr oylarida ushbu markadagi avtomobillar ikkilamchi avtomobil bozorining 67,7% ni egallagan. Ikkinchi o‘rinda VAZ markasi (LADA) bo‘lib, uning ulushi 15,3% ni tashkil etdi (1-rasm).

1-rasm. O‘zbekiston ikkilamchi bozorida jami sotishda kompaniyalarning ulushi, %

2-rasm. O‘zbekistonda umumiy savdolarda avtomobil markalarining ikkilamchi bozordagi ulushi, %

2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qarashli transport vositalari soni 2 955 295 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2015 yilda 2 109 185 tani tashkil etgan.

Ekspertlar jahon va milliy tendensiyalar O‘zbekistondagi ikkilamchi avtomobil bozoridagi narxlarga qanday ta’sir ko‘rsatganini o‘rganib chiqdi. Olingan ma’lumotlarning manbai elektron tijorat saytlari va Uznet savdo platformalaridir. Natijada 20 ming avtotransport vositasi bo‘yicha ma’lumotlar to‘plandi. Barcha transport vositalari quyidagi parametrlarga ko‘ra bo‘lingan: narx, model, ishlab chiqarilgan yili va boshqalar. Birlamchi ma’lumotlar bazasining umumiy tuzilishiga ta’sir qilmaydigan ma’lumotlardan tozalandi, shundan so‘ng kuzatuvlar soni 10 mingdan ortiq darajada saqlanib qoldi.

Bundan tashqari, ekspertlar 2020-2021 yillarning iyul-oktyabr oylaridagi ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining qiyosiy tahlilini o‘tkazdi.

So‘nggi tendensiyalar avtomobil narxlariga turli xil ta’sir ko‘rsatdi

2021 yilni 2020 yil bilan taqqoslaganda, bir yil davomida eskirish faktoriga qaramasdan, ba’zi milliy avtomobil modellari narxi biroz ko‘tarildi. Masalan, 2019 yilda chiqarilgan ikkinchi pozitsiyadagi Chevrolet Cobalt 2020 yilda 9,6 ming dollarga taklif qilingan bo‘lsa, 2021 yilda bu taklif narxi 10,2 ming dollarga yetgan.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, barcha Chevrolet Cobalt pozitsiyalariga narxlar o‘rtacha 4 foizga, Chevrolet Spark 4 foizga, Chevrolet Lacetti 2 foizga oshgan.

Shu bilan birga, Chevrolet Captiva 5 foizga, Chevrolet Matiz 2 foizga, Chevrolet Damas 2 foizga, Labo 10 foizga arzonlashdi. Rossiyadan import qilingan avtomobillar ham biroz arzonlashdi: Lada Vesta 2 foizga va Lada Largus 2 foizga.

Ikkilamchi bozorda eng ommabop markalar narxlarining o‘zgarishi

Yoshi bir yilga yetmagan avtomobillar narxi sezilarli darajada oshdi

Nisbatan yangi avtomobillar narxlarini solishtirganda (hisobot yilida ishlab chiqarilgan) 2021 yilda narxlar sezilarli darajada oshgani ma’lum bo‘ldi. Agar 2020 yilda o‘sha yili ishlab chiqarilgan ikkinchi pozitsiya Chevrolet Cobalt uchun 10 ming dollar taklif qilingan bo‘lsa, 2021 yilda shu yilda ishlab chiqarilgan avtomobil taklifi narxi 11,2 ming dollarga ko‘tarildi.

Chevrolet Cobalt’ning barcha pozitsiyalari o‘rtacha narxi 12 foizga, Chevrolet Spark 5 foizga, Chevrolet Lacetti 7 foizga, Chevrolet Malibu 18 foizga, Chevrolet Tracker 14 foizga qimmatlashdi. Shu bilan birga, Damas va Labo narxlari deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Narxlarning sezilarli o‘sishi asosan avtomobilning o‘rta pozitsiyalarida (ikkinchi va uchinchi pozitsiyalar) kuzatildi.

Ikkilamchi avtomobil bozorida narxlarning keskin o‘sishi yangi mahalliy avtomobillarni ishlab chiqarishning sekinlashishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, bu esa talabning doimiy o‘sishi bilan ikkilamchi bozorning faollashishiga olib keldi.

UzAuto Motors zavodi iyul oyining o‘rtalaridan avgust oyi oxirigacha modernizatsiyalash munosabati bilan yopilgan. Bundan tashqari, Chevrolet Lacetti va Chevrolet Spark avtomobillarini ishlab chiqarish yarim o‘tkazgichlarning global yetishmasligi tufayli to‘xtatilgan. Bugungi kunda kompaniya barcha mashhur avtomobil modellarini ishlab chiqarishni qayta tikladi.

Shuningdek, tahlillar import qilinadigan avtomobillar narxining sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi: Lada Vesta 27 foizga va Lada Niva 44 foizga va bu esa Rossiyada ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar narxining oshishi bilan bog‘liq.

2021 yilda 2020 yilga nisbatan avtomobil narxlarining o‘zgarishi

Marka, model

O‘tgan yilgi tendensiyalarning avtomobil narxlariga ta’siri (%)

Eskirish omilining avtomobil narxiga ta’siri (%)

Chevrolet Captiva

-

-5

Chevrolet Cobalt

12

4

Chevrolet Damas

0

-2

Chevrolet Labo

-3

-10

Chevrolet Lacetti

7

2

Chevrolet Malibu

18

1

Chevrolet Nexia

5

1

Chevrolet Spark

5

4

Lada Largus

-

-7

Lada Vesta

27

-2

Lada Niva

44

0

Tahlilchilarning qayd etishicha, ekonometrik modellashtirish usuliga asoslangan ikkilamchi avtomobil bozorini o‘tgan yilgi o‘rganish natijalariga ko‘ra, avtomobilning bir yil davomida eskirishi uning narxini o‘rtacha 300-400 AQSh dollariga kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga, davom etayotgan pandemiya va natijada mikrochiplarning global taqchilligi va global ta’minot zanjirlarining uzilishi tufayli ta’minot egri chizig‘i chap tomonga siljigan.

Baxtishod Hamidov, Baxtiyer Ismailov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar