Bugungi kunda O‘zbekistonda 32 ta tijorat banki faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy yil iyun oyi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, banklar tomonidan iste’mol kreditlari uchun jami 2,160 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Iste’mol krediti-faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar (xizmatlar) ni sotib olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida o‘z faoliyati natijalaridan daromad olgan jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan kredit.
Iste’mol kreditlari sotib olingan tovar yoki xizmatlar summasining 100 foizigacha beriladi. Iste’mol kreditining ob’yekti jismoniy shaxsning iste’mol ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy iste’mol kreditlarini berish va ularni qaytarish milliy valyuta – "so‘m"da amalga oshiriladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistondagi 32 ta bankdan iste’mol kreditlari faqat 19 ta bank tomonidan berilmoqda.
Quyidagi banklar aholiga iste’mol kreditlari bermaydi: «Agrobank», «Asakabank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Xalq bank», «Tenge Bank», «TBC Bank», «Kapitalbank», «O‘zagroeksportbank», «Anorbank», «Turkiston Bank», «Madad Invest Bank» (tahr. Veb-saytida hech qanday ma’lumot yo‘q) «O‘zbekiston KDB Bank », «Hi-Tech Bank».
Hisob-kitoblarga ko‘ra, "Saderat" banki iste’mol kreditlari bo‘yicha reytingning yetakchisiga aylandi. Ushbu bank kursi bo‘yicha atigi 4-o‘rinni egallashiga qaramay, uch yil muddatga 540 mln. so‘mlik eng katta kredit summasini taqdim etadi.
O‘zbekiston tijorat banklarida eng daromadli iste’mol kreditlari reytingi (2021 yil oktyabr)
*Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi metodikasi bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirildi
Ikkinchi o‘rinni «Ipoteka Bank» egalladi, bu bank iste’mol kreditini ikki yil muddatga eng past stavka bo‘yicha17% dan beradi. Ammo kreditning maksimal miqdori 22 mln. so‘mdan biroz ko‘proq bo‘ladi.
«Qishloq qurilish bank» birinchi yetakchi uchlikni yopadi, unda 5 yil ichida eng uzoq muddatga iste’mol kreditini olish mumkin bo‘ladi. Foiz stavkasi yillik 27% ni tashkil qiladi.
__________________________________________________________________________________________________________
Mikroqarzlar banklar tomonidan faqat jismoniy shaxslarga qaytarish, tezkorlik va to‘lov shartlari asosida beriladi. Shu bilan birga, mikroqarzlar miqdori qarz oluvchining to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, ammo 50 mln. so‘mdan oshmasligi kerak. Mikroqarzni berish naqd pul berish yoki mablag‘larni bank kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan milliy valyutada amalga oshiriladi. Bank kartasi ham debet, ham kredit bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunga kelib, O‘zbekistondagi 18 ta bankdan mikroqarz olish mumkin. Mikroqarz bermaydigan banklar orasida: «Infin Bank», «Asaka Bank», «Xalq Bank», «Mikrokreditbank», «Davr Bank», «Kapitalbank», «Universal Bank», «Ziraat Bank», «O‘zagroeksportbank», «Turkiston Bank», «Madad Invest Bank», «O‘zbekistan KDB Bank», «Saderat Bank», «Hi-Tech Bank».
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, hozirgi vaqtda eng foydali mikroqarzni «Trastbank»dan kamida 22% stavkada ikki yil muddatga olish mumkin. Shu bilan birga, mikroqarz miqdori maksimal 50 million so‘mni tashkil etadi.
Ta’kidlash joizki, minimal 22% stavkada mikroqarzni «Ipoteka bank»dan ham olish mumkin. Biroq, bu holda summa ikki baravar kamayadi va 24 million so‘mdan sal oshadi. Shu bilan birga, 50 million so‘mlik mikroqarzlarning maksimal miqdori mamlakatning yana 11 banki tomonidan beriladi.
O‘zbekiston tijorat banklarida eng foydali mikroqarzlar reytingi (2021 yil oktyabr)
*Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi metodologiyasi bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirildi
Eng "qimmat" mikrokredit «Anor bank» tomonidan yillik 50% stavkasida beriladi.
Kreditlar bo‘yicha ma’lumotlar sharh e’lon qilingan vaqt uchun mavjud. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin.
Gulruh Rizayeva,
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida ish o‘rganuvchisi
Latofat Bo‘riyeva tarjimasi
Izoh qoldirish