O‘zbekistonning 2022 yil 1-choragida eng faol banklari aniqlandi

O‘zbekistonning 2022 yil 1-choragida eng faol banklari aniqlandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan O‘zbekiston bank tizimidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligi, raqobat muhiti o‘zgarishi hamda barqarorlik darajasini baholab borish maqsadida “Banklar faollik indeksi” ishlab chiqilgan.

Markaz mazkur indeksga asosan har chorakda 31 tijorat banklari reytingini yangilab bormoqda.

2022 yil 1 mart holatiga respublikamiz bank tizimi aktivlari 436,8 trln. so‘m (2021 yil 1 mart holatiga nisbatan o‘sish – 19,3 foiz), majburiyatlari 365 trln. so‘m (o‘sish 19%), kreditlari 327,2 trln. so‘m (o‘sish 16,8%) hamda depozitlari 148,4 trln. so‘mni (o‘sish 31,2%) tashkil etdi. Hozirgi kunda bank tizimida 57 mingga yaqin kishi faoliyat olib bormoqda.

Markaz tadqiqotida banklar ikki guruhga bo‘lingan — katta va kichik. Reyting ushbu guruhlarning har biri uchun alohida-alohida tuzilgan. Shu bilan birga, kichik banklar guruhiga faqat Toshkent shahrida (yoki faqat bitta viloyatda) faoliyat yurituvchi banklar kiradi.

2022 yilning 1-choragi uchun yirik banklar faolik reytingi

17 ta yirik banklar uchun tuzilgan umumiy reytingda Trast bank 1 pog‘onaga ko‘tarilib, 2-o‘rindan joy oldi. Mazkur bank daromad olish salohiyati, aktivlar sifati hamda likvidlilik bo‘yicha yetakchi banklardan biri bo‘lib kelmoqda. Shunday bo‘lsada, reyting natijalari Trast bank moliyaviy ommaboplik ko‘rsatkichlariga, xususan har bir filialiga to‘g‘ri keluvchi kredit olgan yuridik va jismoniy shaxslar sonini oshirishga e’tibor qaratishi lozimligini ko‘rsatmoqda.

Transformatsiya va xususiylashtirish jarayonidagi davlat ulushi mavjud banklardan Ipoteka bank 6 pog‘onaga yuqorilab, 3-o‘ringa ko‘tarildi. Ushbu bank moliyaviy ommaboplik yetakchilikni saqlab qolish bilan birga, boshqaruv samaradorligi, likvidlilik, aktivlar sifati hamda kapital yetarliligi ijobiy natijalarga erishdi. Bankning moliyaviy vositachilik bo‘yicha reytingi muddatli depozitlarning kreditlariga nisbatini yanada oshirish, boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan mablag‘lar hamda Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarini yaxshilash lozimligini ko‘rsatmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank umumiy reytingda 3-pog‘onaga ko‘tarilib, 10-o‘rindan joy oldi. Mazkur bank boshqaruv samaradorligi bo‘yicha yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, daromad olish salohiyati hamda likvidlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Bankning moliyaviy vositachilik va ommaboplik bo‘yicha ko‘rsatkichlari muddatli depozitlarning kreditlariga nisbatini oshirib, boshqa banklar va moliya institutlari hamda hukumat oldidagi majburiyatlarining umumiy majburiyatlaridagi ulushini kamaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligini ko‘rsatmoqda.

Xususiylashtirish jarayonidagi banklardagi o‘zgarishlar hamda bank tizimida raqobat muhitining kuchayib borayotganligi xususiy banklarni ham yanada rivojlanish, innovatsion moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar borasida izlanish lozimligidan dalolat bermoqda, deydi tadqiqot muallifi.

2022 yilning 1-choragi uchun kichik banklar faolik reytingi

O‘zbekistondagi 14 ta kichik banklari faollik reytingida Davrbank va Ziraat bank o‘z o‘rnini saqlab qoldi.

Anor bank va Poytaxt bank o‘zaro o‘rin almashishdi.

Tadqiqot natijalari bilan "Iqtisodiy sharh" jurnalining navbatdagi sonida to‘liq tanishishingiz mumkin.

Xalilulloh Hamidov, Markaz sektor mudiri tel: (78) 150 02 02 (410)

Markazning jamoatchilik bilan ishlash xizmati tel: (78) 150 02 02 (417)


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar