Surxondaryo viloyatining 2023 yil 9 oyidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

Surxondaryo viloyatining 2023 yil 9 oyidagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

2023 yilning 3-choragida viloyatdagi yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 29,4 trln so‘mni, o‘sish ko‘rsatkichi 2022 yilning mos davriga nisbatan 105,2%ni (o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha Respublika hududlari orasida 4-o‘rin) tashkil qilgan. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM xajmi 10,4 mln so‘mni tashkil qilgan.

YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoatning ulushi – 6,8%, qishloq, o‘rmon va baliqchilik – 48,7%, qurilish – 7,8% va xizmat ko‘rsatish sohasi 36,7%ni tashkil qilgan.

Viloyatda yaratilgan YaHMning Respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3,9%. YaHM da kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 76,7%ni tashkil qilgan.

YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 106,4%, qurilishda – 105,3%, sanoatda – 105%, xizmatlar sohasida – 103%ni tashkil etdi.

Sanoat. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida sanoat ishlab chiqarish hajmi 5,9 trln so‘mni tashkil qilib, respublikadagi ulushi 1,3%ni, hududlar ichida oxirgi o‘rinni egallagan.

Shu bilan birga, viloyatda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari hajmi 1,7 trln so‘mni, respublikadagi ulushi 1,3%ni tashkil qilgan.

Surxondaryo viloyati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi (24,2 trln so‘m) bo‘yicha respublikadagi ulushi 8,3%ni tashkil qilgan holda hududlar orasida 7-o‘rinni egallagan.

Aholiga ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlari hajmining yildan-yilga oshib borishi natijasida 2023 yilning 3-choragida xizmatlar hajmi 11 trln so‘mni tashkil qildi.

2023 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda jami 2 653 ta kichik biznes sub’yektlari yangidan tashkil qilinib, o‘tgan yilga nisbatan 19,2%ga kamayishi kuzatildi.

Eldor Zayniddinov, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar