O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortmoqda

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi sezilarli darajada ortmoqda

Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.

2025 yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 15,9 foizga ortib, 1159 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 3 foizga ortgan;
  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 33,2 foizga oshgan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent mo‘tadil darajada qoldi;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 51 foizga ortgan.

Hududlar kesimida Buxoro viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2025 yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 11 ta hududda o‘tgan oyga nisbatan o‘sishi kuzatilgan. Jumladan, Buxoro (47,9 %), Surxondaryo (42,8 %), Namangan (35,4 %) va Samarqand viloyatlarida (33,8 %) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (grafik №2).

Biroq, Ishbilarmonlik faolligi indeksi Xorazm (2,4 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (2,2 %) va Sirdaryo (0,2 %) viloyatida kamaygan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2025 yil iyul oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 6 501,8 ming tani tashkil etdi va 2025 yilning iyun oyiga nisbatan 192,4 ming tranzaksiyaga (3 %) ortgan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududda ortgan.

2025 yil iyul oyida respublikaning 14 ta hududida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, Sirdaryo (23,4 %), Andijon (21,2 %), Jizzax (14,8 %) va Buxoro (9 %) viloyatida sezilarli o‘sish kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2025 yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,3320 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 33,2 foizga ortganini anglatib, har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlarning o‘rtacha hajmi 38,2 foizga va tuzilgan bitimlar soni 28,2 foizga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosining umumiy aylanmasi hajmi 2025 yil iyul oyida 6 656,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 2,8 foizga ortgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2025 yil iyul oyida 1,0000 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan mo‘tadil darajada qolgan.

2025 yil iyul oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga (489 600 birlik) nisbatan 1 016 birlikka kamayib, 488 584 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni esa 22 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 393 359 tadan 392 415 taga kamaygan (kamayish 944 ta). Shuningdek, fermer xo‘jaliklari soni 92 292 tadan 92 198 tagacha (-94 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 971 tani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 22 taga ortgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2025 yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha indeks 1,5097 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 51 foizga ortgan. 2025 yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 468 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1159

↑1,0305

↑1,3320

↑1,0000

↑1,5097

Buxoro viloyati

↑1479

↑1,0905

↑2,0000

↓0,9929

↑2,6250

Surxondaryo viloyati

↑1428

↑1,0257

↑2,0000

↑1,0029

↑1,6000

Namangan viloyati

↑1354

↑1,0842

↑1,7230

↑1,0034

↑2,1429

Samarqand viloyati

↑1338

↑1,0882

↑1,7259

↓0,9993

↑1,5714

Toshkent shahri

↑1286

↑1,0121

↑1,6589

↑1,0033

↑1,5683

Navoiy viloyati

↑1248

↑1,0867

↑1,6033

↓0,9996

↓0,2000

Andijon viloyati

↑1137

↑1,2124

↑1,1254

↓0,9958

↑1,4444

Jizzax viloyati

↑1065

↑1,1481

↓0,9229

↓0,9935

↑2,5000

Qashqadaryo viloyati

↑1064

↑1,0286

↑1,0732

↓0,9985

↑1,8333

Toshkent viloyati

↑1058

↑1,0523

↑1,0311

↑1,0013

↑1,8824

Farg‘ona viloyati

↑1056

↑1,0819

↑1,0476

↓0,9981

↑1,3000

Sirdaryo viloyati

↓998

↑1,2336

↓0,8614

↓0,9898

↓0,1429

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

↓978

↑1,0491

↓0,9374

↑1,0026

↓0,5000

Xorazm viloyati

↓976

↑1,0574

↓0,9030

↓0,9967

↓0,8571

O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar bo‘yicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

O‘zbekiston Respublikasi

↑1143

↓0,9249

↑1,4303

↑1,0181

↓0,7697

Buxarskaya oblast

↑1417

↑1,0254

↑2,0000

↓0,9147

↑1,9091

Kashkadarinskaya oblast

↑1415

↑1,0120

↑2,0000

↑1,0495

↑1,0000

Surxandarinskaya oblast

↑1414

↓0,9736

↑1,8372

↓0,9922

↑4,0000

Respublika Karakalpakstan

↑1411

↑1,0900

↑2,0000

↓0,9981

↓0,3333

Samarkandskaya oblast

↑1367

↑1,0035

↑1,8587

↑1,0238

↑1,5714

Sirdarinskaya oblast

↑1336

↑1,1402

↑1,7770

↑1,0105

↓0,1429

Djizakskaya oblast

↑1318

↑1,1132

↑1,7537

↓0,9802

↓0,3846

g. Tashkent

↑1316

↓0,8923

↑1,8680

↑1,0693

↓0,7104

Andijanskaya oblast

↑1301

↑1,4292

↑1,4054

↓0,9750

↓0,8125

Navoiyskaya oblast

↑1193

↑1,0168

↑1,4748

↓0,9894

↑1,0000

Namanganskaya oblast

↑1180

↑1,0426

↑1,4327

↓0,9815

↓0,8824

Ferganskaya oblast

↑1033

↓0,9202

↑1,1848

↓0,9780

↓0,7222

Xorezmskaya oblast

↑1021

↑1,0339

↑1,0598

↓0,9797

↓0,6667

Tashkentskaya oblast

↓959

↓0,9073

↓0,9592

↑1,0686

↓0,7619

Islombek Saparmatov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar