O‘tgan haftada birjada paxta yog‘i va shakar qanchadan sotildi?

O‘tgan haftada birjada paxta yog‘i va shakar qanchadan sotildi?

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 10 – 16 avgust kunlari "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning savdo platformalariga 2 174,0 tonna paxta yog‘i qo‘yildi va ulardan 1 825,0 tonnasi, ya’ni 83,9% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 96 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 13 672,0 ming so‘mdan 12 668,2 ming so‘mgacha, ya’ni 7,3% ga kamaydi. Hafta yakunlariga ko‘ra 1-navli paxta yog‘ining haftalik kotirovkasi 4,3% ga o‘sib, mahsulotni bir tonnasi uchun 10 900,0 ming so‘mni tashkil etdi.

Hafta davomida birja savdolariga 2 624,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 890,0 tonnasi, ya’ni 33,9% sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 855,2 ming so‘mdan 5 852,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan deyarli o‘zgarmadi va mahsulotni bir tonnasi uchun 5 846,4 ming so‘mni tashkil qildi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar