«O‘zavtosanoat» kompaniyasi faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tishi rejalashtirilmoqda

«O‘zavtosanoat» kompaniyasi faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston hukumati «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 29 dekabrdagi qarorida (VMQ-812) so‘z boradi.

Hujjat «O‘zavtosanoat»ni faqat elektr dvigatellari bo‘lgan avtomobillar va avtotransport vositalarini ishlab chiqarishga o‘tkazishni nazarda tutadi. 2021 yil 1 fevralgacha kompaniyaga xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish va konsepsiya loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Bundan tashqari, mamlakat ichkarisida elektr transport vositalarini sotib olish va (yoki) vaqtincha olib kirish uchun yig‘im (avtomobilni Ichki ishlar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadi) bekor qilinadi. Moliya vazirligi 2021 va undan keyingi yillar uchun byudjetni shakllantirishda buni hisobga olishi kerak.

Mas’ul vazirliklarga hokimliklar bilan birgalikda ikki oy ichida elektr transporti uchun quvvat olish stansiyalarini (terminallarini) o‘rnatish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish topshirildi.

Hozirda O‘zbekistonda elektr transport vositalarini olib kirish uchun aksizlar va bojxona to‘lovlari olinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar-avgust oylari davomida O‘zbekistonga qiymati 1,7 million dollar bo‘lgan 73 ta elektr transport vositasi import qilingan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar