Xitoyning elektromobil giganti BYD bugun o‘zining eng arzon "Seagull" modelining yangilangan versiyasining boshlang‘ich narxini amaldagi "Seagull" modeliga nisbatan 5,4%ga pasaytirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Pasayish natijasida Seagull liniyasining asosiy qiymati 69 800 yuanni ($9 697,41) tashkil etdi.
Shu bilan birga, dushanba kuni BYD o‘zining eng ko‘p sotilgan avtomobilining yangi versiyasi (Yuan Plus) uchun narxni avvalgi modelga nisbatan 11,8%ga pastroq qilib belgiladi.
Qayd etilishicha, joriy yilning fevral oyidan boshlab BYD o‘zining yangi avtomobillarining ko‘plab arzon versiyalarini ishlab chiqarishni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida global elektromobillar bozori peshqadami – “BYD” kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida davlatimiz rahbari Jizzax viloyatida gibrid va elektr avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarishga start berdi.
Izoh qoldirish