O‘zbekiston 2021 yil yanvar oyida 40,8 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

O‘zbekiston 2021 yil yanvar oyida 40,8 mln dollarlik meva-sabzavot eksport qildi

O‘zbekistonda 2021 yil yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 40,8 mln AQSh dollari qiymatli 63,8 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilingan. Bunda 2019 yilning mos davriga nisbatan 2 372,1 mln AQSh dollarida o‘sish kuzatilib, 6,2% ga ko‘paydi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 25,4 mln AQSh dollariga teng 46,9 ming tonna sabzavot, shuningdek, 7,1 mln AQSh dollari qiymatidagi 8,8 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya hamda Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois, eksport qilinayotgan meva va sabzavotlarning ulushi 5,9% ni tashkil etdi.

Meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 19,8 foizi), bu Afg‘onistonga eksport hajmidan 2,7 baravar ko‘pdir.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar