O‘zbekiston aeroportlari «paket tamoyili» asosida boshqaruvga berila boshlanadi

O‘zbekiston aeroportlari «paket tamoyili» asosida boshqaruvga berila boshlanadi

Turkiyaning TAV aeroporti operatori O‘zbekiston aeroportlarini modernizatsiya qilishda va Toshkentda yangi aeroport qurish loyihasida ishtirok etadi, deb xabar berdi Anadolu axborot agentligi.

«Sakkizta davlatdagi 15 aeroportni boshqarishimizga yordam beradigan nou-xaularimizdan foydalangan holda, biz O‘zbekistondagi aeroportlarni rivojlantirish va modernizatsiya qilish ustida ish olib boramiz, shuningdek, yangi texnologiyalarni joriy etish va inson resurslarini rivojlantirishda hamkorlik qilamiz», deb tushuntirdi TAV Airports bosh direktori Sani Sener.

O‘zbekiston aeroportlari «paket tamoyili» asosida boshqaruvga berila boshlanadi, bu rentabellik bilan bir qatorda foydasiz aeroportlarni xususiy mulk egalariga berishni ham nazarda tutadi.

TAV Airports qo‘shma korxona hisoblanib 1997 yilda Tepe va Akfen kompaniyalar guruhlari, shuningdek Airport Consulting Vienna tomonidan yaratilgan, Xolding aeroport faoliyatining havo transporti bilan bog‘liq barcha sohalarida kompleks xizmatlarni 26 mamlakatdagi 91 aeroportda taqdim etadi. TAV Airports Holding'ga tegishli aeroportlar, taxminan 420 ming reysga xizmat qiladi va yiliga o‘rtacha 48 million yo‘lovchini tashiydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar