O‘zbekiston benzin narxi arzonladi
3 may kunidan Ai-80 markali avtomobil benzinining narxi 500 so‘mga arzonladi.
2020 yil 1 may kunidan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingandi.
Neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 3 may kunidan Ai-80 markali avtomobil benzini 4000 so‘mdan sotuvga chiqarilgan.
Bunga qadar Ai-80 markali benzin 4500 so‘mdan sotilayotgan edi.
Izoh qoldirish